I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
192 193 1925-yil 12-19-fevralda To‘rtko‘l shahrida bo‘lib o‘tgan Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati Sovеtlarining birinchi s’ezdi “Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati Qozog‘iston ASSR tarkibida tashkil topganligi to‘g‘risida Deklaratsiya”sini qabul qildi va “qoraqalpoq xalqining milliy davlatchiligi” tashkil etilganligini qonuniy rasmiylashtirdi. 1932-yil 5-martda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati Ijroiya qo‘mitasining Plenumida Qoraqalpog‘iston avtonom viloyatini bevosita RSFSR tarkibiga kiradigan avtonom respublika sifatida tashkil etish to‘g‘risidagi taklif qabul qilingan. Mazkur taklif asosida VTSIK Prezidiumi Qoraqalpog‘iston avtonom viloyatini Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasiga aylantirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati Qoraqalpog‘iston ASSR bo‘lib mustahkamlangandan keyin uning birinchi Konstitutsiyasi ishlab chiqildi. 1932-yilgi Asosiy qonun 6 bo‘lim, 7 bob va 100 moddadan iborat edi. Unda QQASSR oliy organlari bilan Sobiq Ittifoq va RSFSR oliy organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning huquqiy asoslari mustahkamlangan. QQASSRning 1932-yilgi Konstitutsiyasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining ish faoliyati prinsiplari va uning huquqiy maqomi ilk bor belgilandi. 1936-yilgi Sobiq Ittifoq Konstitutsiyasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston ASSR RSFSR tarkibidan chiqarilib, O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiritildi. Bunga asosiy sabab qilib quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: Birinchidan, ushbu masala 1924-yilda o‘tkazilgan milliy davlat chegaralanishi vaqtida ham ko‘rilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston SSR hukumati Qoraqalpog‘iston viloyatini o‘z tarkibida qoldirish to‘g‘risida taklif kiritgan edi. Ikkinchidan, O‘zbekistonda Qoraqalpog‘iston Respublikasining asosiy qishloq xo‘jalik mahsuloti paxtachilikni rivojlantirish bo‘yicha katta industrial baza bo‘lib, Qoraqalpoqlar Rossiyaga qo‘shib olingan. Bu yerda Amudaryo bo‘limi tuzilgan, Turkiston general gubernatorligining Sirdaryo viloyati tarkibiga kiritilgan. So‘l qirg‘oqda yashovchi Qoraqalpoqlar Xiva xonligi tasarrufida qolgan. O‘rta Osiyoda sho‘rolar hokimiyati o‘rnatilgach, so‘l qirg‘oq va o‘ng qirg‘oq qoraqalpoqlari Qoraqalpog‘iston Avtonom oblastini tuzgan. 1918-1921-yillarda Turkiston avtonom respublikasining, 1920-yilda Xorazm va Buxoro Xalq Respublikalarining tashkil topishi O‘rta Osiyo xalqlari tarixida muhim davr bo‘lib hisoblanadi. 1920-yil 28-aprelda O‘rta Osiyo KP Markaziy qo‘mitasida Muvaqqat Komissiya tuzilib, uning tarkibidagi kichik komissiyalar o‘zbek, turkman, qozoq, qirg‘iz, tojik, qoraqalpoq xalqlarining davlatchilik tuzumi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha ish olib bordi. 1924-yil 10-mayda ushbu komissiya O‘rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishini o‘tkazish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Jumladan, qoraqalpoq tumanlarini Xorazmdan ajratib chiqarish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Milliy davlat chegaralanishi natijasida Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati tarkibiga quyidagi hududlar kiritildi: Birinchidan, avvalgi Amudaryo viloyati hududlari; Ikkinchidan, Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasining Xo‘jayli va Qo‘ng‘irot tumanlari. Hududiy jihatdan viloyat 4 okrugga bo‘lingan: To‘rtko‘l, CHimboy, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot. Qoraqalpoq avtonom viloyatining tuzilishi bilan qoraqalpoq xalqi markazlashgan hokimiyatga ega bo‘lgan o‘z davlatchiligini tuzdi. Shu jihatdan olganda, avtonom viloyat shakli qoraqalpoq xalqi milliy davlatchiligi rivojlanishining keyingi ko‘rinishi hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1924-yil 14-oktabrda Turkiston ASSR tarkibida Muxtor viloyat sifatida tashkil etilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling