I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
188
189
Qoraqalpog‘iston  Respublikasining  chegarasi  faqat  uning 
roziligi  bilan  Jo‘qorg‘i  Kenges  qaroriga  asosan  Oliy  Majlis 
tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
Viloyatlar va tumanlarning chegaralarini o‘zgartirish tegishli 
viioyatlar,  Toshkent  shahri  hokimlarining  iltimosnomasiga 
asosan  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 
taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasida 
tumanlarning 
chegaralarini  o‘zgartirish  tegishli  tuman  hokimlarining 
iltimosnomasiga  asosan  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi 
hukumatining  taklifiga  muvofiq  Jo‘qorg‘i  Kenges  tomonidan 
amalga oshiriladi.
Qishloqlar  va  ovullar  chegarasini  o‘zgartirish,  aholi 
punktlarini  birlashtirish  tegishli  tuman  hokimlarining 
iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari 
tomonidan,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasida  esa  -  Jo‘qorg‘i 
Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtini belgilash va 
ko‘chirish  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  roziligi 
bilan Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Viloyatlaming  ma’muriy  markazlarini  belgilash  va 
ko‘chirish  tegishli  viloyat  hokimlarining  iltimosnomasiga 
asosan  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 
taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Tumanlar,  qishloqlar,  ovullarning  ma’muriy  markazlarini 
belgilash  va  ko‘chirish  tegishli  tuman  hokimlarining 
iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari 
tomonidan,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasida  esa  -  Jo‘qorg‘i 
Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Shaharlarning  chegaralarini  belgilash  va  kengaytirish 
tegishli viloyat, Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga 
asosan  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 
taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling