I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
186
187
Tuman  bo‘ysunuvidagi  shaharlar  turkumiga,  qoida 
tariqasida, kamida etti ming aholisi bo‘lgan, sanoat korxonalari 
va  rivojlangan  infrastrukturasi  mavjud  shaharchalar,  aholi 
punktlari kiritilishi mumkin.
Shaharchalarni,  aholi  punktlarin.  tuman  bo‘ysunuvidagi 
shaharlar  turkumiga  kiritish,  ularni  qayta  tuzish  tegishli 
viloyat  hokimlarining  iltimosnomasiga  asosan  O‘zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  taklifiga  muvofiq 
Oliy  Majlis  tomonidan,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasida 
esa  -  tegishli  tuman  hokimlarining  iltimosnomasiga  asosan 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  hukumatining  taklifiga 
muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshirildi.
Shaharchalar  ham  ma’muriy-hududiy  birlik  bo‘lib, 
uning  turkumiga  sanoat  korxonalari,  qurilishlar,  temir  yo‘l 
stantsiyalari va boshqa muhim ob’ektlar yaqinida joylashgan 
hamda  kamida  ikki  ming  aholisi  bo‘lgan  aholi  punktlari 
kiritilishi mumkin.
Aholi  punktlarini  shaharchalar  turkumiga  kiritish 
tegishli  tuman  hokimlarining  iltimosnomasiga  asosan 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kengesi,  xalq 
deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qishloqlar  -  ma’muriy-hududiy  bo‘linishning  quyii 
bo‘g‘inlaridan  biridir.  SHahar  hududlariga  kirmaydigan, 
ma’lum aholi soniga ega bo‘lgan qishloq markazlari va ma’lum 
sanoat ob’ektlari atrofida istiqomat qiluvchi aholining yashash 
joylari qishloqlar bo‘lishi mumkin.
Ovullar  esa  qishloqlarga  qaraganda  kichikroq  hajmdagi 
yashash va turar joylardan iborat aholi punktlaridir. Ovullarda 
ko‘p  hollarda  chorvador  oilalar  istiqomat  qilib,  ular  asosan 
ko‘chib  yuruvchi  bir  necha  cho‘ponlar  oilalaridan  tashkil 
topadi.
Tuman  -  O‘zbekiston  Respublikasi  ma’muriy-hududiy 
bo‘linishi  pog‘onalari  ichida  o‘rta  bo‘g‘in  bo‘lib,  qishloq 
joylaridagi  iqtisodiy,  xo‘jalik  va  ijtimoiy-madaniy  hayotga 
bevosita rahbarlik qiladi.
O‘zbekiston  ishlab  chiqarish  kuchlarining  rivojlanishi, 
yangi  tabiiy  resurslarni  o‘zlashtirish  hamda  aholi  sonining 
o‘sishi  bilan  ma’muriy-  hududiy  bo‘linmalar  chegarasidagi 
o‘zgarishlar,  avvalo,  qishloqdagi  tuman  bo‘g‘inlari  hisobiga 
ro‘y beradi.
Ma’muriy-hududiy  bo‘linishning  yana  bir  bo‘g‘ini  bo‘lib 
-  shaharlar  hisoblanadi.  Madaniy  va  ilmiy  markaz  bo‘lib 
hisoblangan shaharlar aholisining soni, iqtisodi va sanoatining 
rivojlanganligi,  madaniy  ilmiy  va  o‘quv  maskanlarining 
mavjudligiga  qarab  farqlanadi.  O‘zbekiston  Respublikasi 
hududida  respublika,  viloyat  va  tumanga  bo‘ysunuvchi 
shaharlar tizimi mavjud. 
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul 
qilingan  “O‘zbekiston  Respublikasida  ma’muriy-hududiy 
tuzilish  masalalarini  hal  etish  tartibi  to‘g‘risida”gi  qonuniga 
binoan Respublika (Qoraqalpog‘iston Respublikasida), viloyat 
bo‘ysunuvdagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida 
o‘ttiz ming aholisii bo‘lgan, muhim ma’muriy ahamiyat kasb 
etadigan,  istiqbolli  iqtisodiy  va  madaniy  markazlar  deb 
hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin.
Shaharlarni  viloyat  bo‘ysunuvidagi  shaharlar  turkumiga 
kiritish,  ularni  qayta  tuzish  tegishli  viloyat  hokimlarining 
iltimosnomasiga  asosan  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining  taklifiga  muvofiq  Oliy  Majlis  tomonidan 
amalga oshiriladi.
Shaharlarni respublika (Qoraqalpog‘iston Respublikasida) 
bo‘ysunuvidagi  shaharlar  turkumiga  kiritish  ularni  qayta 
tuzish Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga 
muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi. 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling