I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
182
183
samarali  tartibga  solish  imkoni  bo‘lmagan  tarzda  amalga 
oshiriladi. Ajratilgan qismlar mexanik tarzda emas, balki biron 
bir maqsadni ko‘zlab va ma’lum bir prinsiplarga asoslangan 
holda bo‘linadi.
Davlat  tuzilishi  va  boshqaruvida  markazdan  quyi 
bo‘linmalarga  tomon  harakat  yo‘nalishi,  ya’ni:  birinchisi  - 
markaziy  boshqaruv  organlari  vakolatlarining  anchagina 
qismini  mahalliy  hokimiyatlarga;  ikkinchisi  -  mahalliy 
boshqaruv  organlaridan  qator  vakolatlarni  fuqarolarning 
joylardagi  jamoat  birlashmalariga  va  o‘zini  o‘zi  boshqaruv 
organlariga berish kerakligi ta’kidlanmoqda.
O‘kzbekiston  Respublikasi  hududining  ma’lum  ma’muriy 
bo‘laklarga  bo‘linishi,  davlatning  asosiy  vazifalarini  amalga 
oshirishda zarur tadbir bo‘lib hisoblanadi.
Davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari  ma’muriy-
hududiy bo‘lakda o‘z vazifalarini shu davlat hududiy bo‘laklari 
orqali  amalga  oshiradilar.  Ma’muriy-hududiy  bo‘laklarga 
mos  ravishda  davlat  apparatining  tegishli  bo‘g‘inlari  ham 
takomillashtiriladi.
O‘zbekiston  Respublikasi  ma’muriy-hududiy  tuzilishini 
amalga oshirishda quyidagi tamoyillarga asoslaniladi:
birinchidan,  iqtisodiy  tamoyil  -  davlatning  ma’muriy-
hududiy  tuzilishi  shu  davlatning  iqtisodiy  sohadagi 
vazifalarini samaradorlik bilan amalga oshirishni ta’minlashga 
qaratilishi  lozim.  Shuning  uchun  ham  davlat  apparatining 
mahalliy organlari uning iqtisodiy-xo‘jalik yuritish vazifasini 
muvaffaqiyatli  ta’minlab  beradigan  darajada  hududiy 
joylashtirilgan bo‘lishi kerak;
ikkinchidan, siyosiy tamoyil - davlatning hududiy tuzilishini 
shu davlatning siyosiy maqsadlari, davlat hokimiyatini amalga 
oshirishga mos ravishda tashkil etishdan iborat. Bu tamoyil, 
birinchidan,  har  bir  ma’muriy-hududiy  bo‘linma  davlatning, 
Afg‘oniston bilan chegaradosh.
O‘zbekistan  Respublikasi  davlat  tuzilishiga  ko‘ra  unitar 
davlat  hisoblansa  ham,  unda  federativ  davlat  tuzilishining 
ko‘rinishi  ham  namoyon  bo‘ladi.  Jumladan,  O‘zbekistan 
Respublikasi 
tarkibida 
Suveren 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining kirishi Asosiy Qonunimizning 70-moddasida 
mustahkamlab qo‘yilgan.
Davlatning  ma’muriy-hududiy  tuzilishi-har  bir  davlatni 
hududiy tashkillashtirishning ijtimoiy-iqtisodiy tarkibiy qismi 
bo‘lib, u davlat qurilishining umumiy masalalarini to‘laqonli 
amalga  oshirish  uchun  tashkiliy  jihatdan  ajratilgan  davlat 
hududining qismlaridir.
Davlatni hududiy jihatdan tashkilashtirish o‘z maqsadi va 
vazifalariga ko‘ra nafaqat ma’muriy-hududiy, balki iqtisodiy-
hududiy, harbiy-hududiy, siyosiy-hududiy va ekologik-hududiy 
shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin.
Davlatning  ma’muriy-hududiy  tuzilishi  davlat  bilan 
uning  tarkibiy  qismlari  o‘rtasida  yuzaga  keladigan  ijtimoiy 
munosabatlarni hamda ushbu qismlarning har birini huquqiy 
holatiga doir masalalarni qamrab oladi. SHuning uchun ham 
rivojlanishning  qanday  bosqichida  turmasin  yoki  davlat 
tuzilishining  qanday  shakllaridan  iborat  bo‘lmasin  har  bir 
suveren  davlatning  yer  kengliklarini  ma’muriy-hududiy 
jihatdan ma’lum bir qismlarga ajratib olish juda katta siyosiy, 
ijtimoiy,  iqtisodiy,  ma’naviy  hamda  huquqiy  ahamiyat  kasb 
etadi.
Har bir davlatning maydoni, aholisining soni, milliy-etnik 
tarkibi, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi kabi omillarga 
ko‘ra  uning  yer  kengliklari  ma’lum  bir  qismlarga  ajratiladi. 
Bunday  ma’muriy-hududiy  qismlarga  ajratish  aksariyat 
hollarda davlatning markazdan turib ijtimoiy munosabatlarni 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling