I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
178
179
o‘zi  boshqarish,  qaysidir  davlat  tarkibida  ichki  masalalarni 
mustaqil hal qilish huquqi degan ma’noni bildiradi.
Odatda,  avtonomiyaning  quyidagi  uch  tavsifi  beriladi: 
personal,  korporativ  va  hududiy.  Personal  avtonomiya 
tarqoq yashaydigan, til, madaniyat, turmush tarzi masalalari 
bilan  shug‘ullanish  uchun  biror-bir  millat,  etnik  guruh 
uyushmalarining  (maslahat  ovozi  huquqida)  markaziy 
hokimiyat  organlaridagi  vakilligi  orqali  siyosiy  hayotda 
ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladilar (misol uchun, Avstriya, 
Vengriya).  Ko‘pchilik  adabiyotlarda  bunday  avtonomiya 
“hududiy” emas, “milliy-madaniy” deb ataladi.
Korporativ avtonomiya lingvistik hamjamiyatlar mavjudligi 
bilan  bog‘lanadi.  Bunday  hamjamiyatlar  uchun  davlat 
apparatida  joylar  ajratiladi,  uning  hududida  ishlaydigan 
boshqa etnik guruh vakillari esa, mahalliy aholi tili va turmush 
tarzini  yaxshi  bilishi  lozim  bo‘ladi.  Bundan  tashqari,  sud 
jarayoni, maktab ta’limi mahalliy tilda olib borilishi mumkin. 
Misol  uchun,  Hindistonda  bunday  avtonomiyaga  ro‘yxatga 
olingan qabila va kastalar ega.
Hududiy  avtonomiya  ommaviy  hokimiyatning  hududiy 
tashkil  etilishini  anglatadi.  U  etnik  yoki  boshqa  xususiyatga 
ega  bo‘lgan  guruhlar  kompakt  joylashgan  hollarda  tuziladi. 
Ayrim  xorijiy  davlatlar  amaliyotida  yirik  (yuqori)  hududiy 
birliklar,  ya’ni  mintaqalar  avtonomiyasi davlatning  hududiy-
siyosiy  tashkil  etilishi,  quyi  hududiy  birliklar  avtonomiyasi 
o‘z-o‘zini boshqarish sifatida belgilanmoqda. Masalan, unitar 
davlat  bo‘lgan  Ispaniyada  avtonomiya  rasman  mintaqalarga 
berilganligi  hududiy-siyosiy  tashkil  etishda  mintaqaviy 
davlat  shaklining  ajratilishiga  asos  bo‘lmoqda.  YAponiya  va 
mintaqaviy  deb  e’tirof  etilgan  Italiyada  avtonomiya  barcha 
ma’muriy-hududiy birliklariga berilgan.
Ma’lumki, har qanday davlat muayyan hududda joylashgan 
bo‘ladi.  Uning  fuqarolari  ham  xuddi  shu  hududda  istiqomat 
Federatsiyalarga tarixan shakllangan milliy, madaniy, diniy 
va boshqa xususiyatlarga ega avtonom sub’ektlardan tashkil 
etilganligi tufayli - “davlat-milliy tuzilishi”, unitar davlatlarga 
markazlashgan  davlat  sifatida  “ma’muriy-hududiy  tuzilish” 
tushunchalari  qo‘llaniladi.  Xorijiy  davlatlarda  “davlatning 
tashkil  etilishi”,  “davlatning  ma’muriy-hududiy  bo‘linishi”, 
“davlat  tuzilishi”  yoki  “ommaviy  hokimiyatning  hududiy 
tashkil etilishi” va boshqa tushunchalar ham ishlatiladi.
Bugungi  kunda  davlatlarni  keng  avtonomiyaga  ega 
federativ,  va  markazlashgan  boshqaruvga  asoslangan  unitar 
davlatlarga  ajratish  to‘g‘ri  bo‘lmaydi.  Vaholanki,  unitar 
davlatlardagi  nomarkazlashtirish  (O‘zbekiston,  Qirg‘iziston, 
Fransiya va boshq.), avtonomiyalar (Angliyada milliy asosda 
shakllangan  SHotlandiya  va  Uels,  Ispaniya  va  boshq.)  yoki, 
aksincha,  markazlashgan  federatsiyalarning  (Flindiston, 
Pokiston) mavjudligi davlatning hududiy-siyosiy tashkil etish 
mezonlari qayta ko‘rib chiqish zaruratini ko‘rsatadi.
Hududiy-siyosiy tashkil etishda davlatning barcha hududlari 
emas,  balki  uning  eng  yirik  hududi  bo‘lgan  mintaqalar  va 
markaz  o‘rtasidagi  hokimiyat  munosabatlarining  tartibga 
solinishi  ham  e’tirozlidir.  CHunki  har  bir  hudud  aholining 
uyushish  shakli  bo‘lib,  uning  manfaatlarini  ifoda  etadi. 
SHu  tufayli,  o‘zini  o‘zi  boshqarishni  kengaytirish  unitar  va 
federativ davlatlar uchun bir xilda dolzarb masala hisoblanadi. 
Boshqaruvni optimallashtirish jarayonlari barcha hududlarga 
o‘z  ehtiyojlarini  qondirishga  doir  masalalarni  hal  qilish 
vakolatlarini  berish,  ularni  amalga  oshirishda  mustaqiligini 
ta’minlash, ya’ni ularga avtonomiya berishni taqozo qiladi.
Avtonomiya  rasman  Finlyandiyada  Alland  orollariga, 
Ukrainada Qrimga, Nikaraguada hindular istiqomat qiladigan 
ikki okrugga, Ispaniya mintaqalariga, shuningdek, Yaponiyada 
barcha ma’muriy-hududiy birliklariga berilgan. Avtonomiya-
yunoncha autonomia, ya’ni autos-o‘zi va nomos-qonun, o‘zini 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling