I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
7-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashining konstitutsiyaviy maqomi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi respublikaning ijro hokimiyati organlari tizimini mustahkamlagan. Unga asosan ijro hokimiyati organlarining bir necha turi mavjud bo‘lib, ular shartli ravishda alohida guruhlarga bo‘lingan: birinchidan, ijro hokimiyatining oliy (markaziy) va mahalliy (quyi) organlari. Respublika miqyosida ijro hokimiyatini amalga oshiruvchi oliy organ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashidir. Mahalliy ijro hokimiyati organlari, tuman, shaharlar hokimliklari hisoblanadi; ikkinchidan, umumiy vakolatli ijro organlariga Vazirlar Kengashi, hokimlar kiradi. Maxsus vakolatli organlar vazirliklar, qo‘mitalar, mahalliy ijro hokimiyati bo‘lim va boshqarmalaridir; uchinchidan, kollegiallik asosida va yakkaboshchilik asosida ish YUrituvchi organlar. Birinchisiga Qorakalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, ikkinchisiga esa hokimlar, vazirliklar, qo‘mitalar, mahalliy ijro hokimiyati bo‘lim va boshqarmalari rahbarlari kiradi; qonunchilik sohasidagi vakolatlar; Jo‘qorg‘i Kengesni va o‘z organlarini tuzish sohasidagi vakolatlar; ma’muriy-hududiy tuzilishni belgilash va boshqa davlat organlarini tuzish (tashkil qilish) sohasidagi vakolatlar; Jo‘qorg‘i Kengesning nazorat vazifasi; fuqarolar manfaati bilan bog‘liq vakolatlar. Jo‘qorg‘i Kengesning asosiy faoliyati qonun chiqarishdir. Jo‘qorg‘i Kengesning qonunchilik sohasidagi faoliyati deganda, uning konstitutsiyaviy qonunchilik va oddiy qonunchilik faoliyatini farqlash kerak. Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilish va ularga o‘zgartirshlar kiritish uchun alohida, oddiy qonun qabul qilish va unga o‘zgartirish kiritishga alohida tartib belgilangan. Jo‘qorg‘i Kengesga qonunchilik tashabbusi huquqiga, Konstitutsiyaning 75-moddasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining deputatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi, Fuqarolik, jinоyat, mа’muriy vа iqtisоdiy ishlari bo‘yicha sudlаri, Respublika Prokurori egadir. Jo‘qorg‘i Kengesda qarab chiqilishi lozim bo‘lgan qonun loyihalari yoki qonun chiqarish haqidagi takliflar Jo‘qorg‘i Kenges Raisiga taqdim etiladi va u Jo‘qorg‘i Kenges kotibiyatida ro‘yxatga olinadi. Qonunlar yig‘ilishlarda bir necha o‘qish yo‘li bilan qabul qilinadi. Qonun loyihalari Jo‘qorg‘i Kenges qarori bilan umumxalq ovozi (referendum)ga ham qo‘yilib, qabul qilinishi mumkin. Jo‘qorg‘i Kengesniig nazorat faoliyati. Amaldagi Konstitutsiyada Jo‘qorg‘i Kengesning nazorat qilish faoliyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri belgilanmasada, uning ayrim vakolatlari nazorat qilish funksiyasini keltirib chiqaradi. Xususan, Jo‘qorg‘i Kenges qonunlar va boshqa hujjatlarning ijrosini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling