partiyalarning olgan ovozlari ko‘p o‘rin olib to‘siqdan o‘tgan
partiyalar o‘rtasida taqsimlanadi. Ayrim mamlakatlarda esa
ovozlar kuyib ketadi.
Proportsional saylov tizimida ovozlarni taqsimlashning
turlicha usullari mavjud.
Aralash saylov tizimida mamlakatlarda o‘tkaziladigan
saylovlarda majoritar tizim ham proportsional tizim ham
qo‘llaniladi. Bu oliy va mahalliy vakillik organlarining bittasi
mojaritar tizim orqali, bittasi proportsional tizim orqali
tashkil etiladi yoki bitta vakillik organini tashkil etishda ikkala
tizimdan ham foydalanish mumkin.
Ukraina parlamenti Oliy Radaga bo‘lib o‘tgan 2014-yil
oktabr saylovlarida saylovning aralash tizimidan foydalanildi.
Mamlakatda qaysi saylov tizimidan foydalanishni qonunlarda
belgilab qo‘yiladi. Bu tizimning ijobiy tomoni proportsional
tizimda partiya ro‘yxati bo‘yicha deputat bo‘la olmagan, lekin
ko‘zga ko‘ringan, ko‘pchilikka yoquvchi partiya boshchilari
saylovchilarga axborot berib boradi, vakillik organlarida
shu okrug saylovchilarining manfaatini ifodalaydi, ularning
nomidan faoliyat ko‘rsatadi. Majoritar tizimning salbiy tomoni,
unda ko‘plab saylovchilar ovozi kuyib ketadi, saylanmagan
nomzodlarga berilgan ovozlar bu 49% gacha bo‘lishi mumkin.
Saylov tizimining ikkinchi ko‘p tarqalgan turi proportsional
saylov tizimidir. Proportsional saylov tizimi siyosiy partiyalar
kuchli mamlakatlarda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Bunda saylovchi aniq nomzod uchun emas, partiyalar
taqdim etgan ro‘yxatga ovoz berish bilan mamlakatdagi
siyosiy partiyalarning olib borayotgan yo‘lini, saylov dasturini
mа’qullaydi.
Saylovda saylovchilarning qancha ovozi to‘plaganligiga
qarab parlament vakillik organidagi deputatlik o‘rinlari
taqsimlanadi. Bu prinsipda ko‘pchilik ovozlar kuymaydi,
ular qanchadir o‘rinlarga ega bo‘ladi. Bu prinsipda ovoz
uchun aniq nomzodlar kurashmay partiya ro‘yxatlari orqali
Do'stlaringiz bilan baham: |