I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
218
219
“Saylov huquqi” atamasi shu ikki ma’no bilan tugallanmaydi. 
U yana boshqa ma’noda ham ishlatiladi.
Birinchidan,  “saylov  huquqi”  atamasi  ma’lum  bir  ijtimoiy 
munosabatlarni  (saylov  munosabatlarini)  tartibga  soluvchi 
huquqiy  normalar  yig‘indisiga  nisbatan  ishlatiladi.  Bunda 
saylov huquqining huquqiy institut ekanligi ko‘rinadi.
Ikkinchidan,  “saylov  huquqi”  fuqarolarning  siyosiy 
huquqlariga  nisbatan  ishlatiladi.  Fuqarolarning  saylov 
huquqi  saylash  va  saylanish  huquqidan  iborat.  O‘zbekiston 
Respublikasi Kоnstitutsiyasining 117-moddasida O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga 
saylash  va  saylanish  huquqiga  egadirlar,  -  deb  belgilab 
qo‘yilgan. Demak, fuqarolarning “saylov huquqi” siyosiy huquq 
va  u  saylash  hamda  saylanish  huquqining  umumlashgan 
ifodasidir.
Uchinchidan, “saylov huquqi” atamasi alohida o‘quv kursiga 
nisbatan  ishlatiladi.  Bu  o‘quv  kursi  saylov  munosabatlarini, 
tartibga soluvchi normalarni tаlаbаlarga o‘rgatadi.
O‘zbekiston  Respublikasi  taraqqiyoti  bilan  mutanosib 
ravishda  huquq  tizimi,  huquqiy  institutlar  ham  rivojlanib 
bormoqda. Saylov tizimini murakkab mexanizmlardan, tarkibiy 
qismlardan tarkib topgan qurilmaga o‘xshatish mumkin. Uning 
mexanizmlarining  yangilanishi,  takomillashuvi,  ishlamay 
qolganlarini almashtirilishi, oxir-oqibatda tizim mazmuniga, 
sifatiga ta’sir qiladi.
Biror-bir  mamlakatning  saylov  tizimi  birdaniga  hozirgi 
holatida  vujudga  kelmagan.  Ularning  shu  vaqtdagi  saylov 
tizimining  vujudga  kelishi  uchun  ko‘p  vaqtlar  o‘tgan, 
mablag‘lar sarflangan, ba’zi paytlarda jamiyatda to‘qnashuvlar, 
kurashlar  bo‘lgan.  Saylov  tizimidagi  umumiylik,  tenglik, 
ixtiyoriylik,  xohish-irodani  erkin  bildirish  o‘z-o‘zidan  yoki 
birdaniga  vujudga  kelmagan.  Saylovlarda  yosh  chegarasini 
qоnunlаrdа “vаkillik tаmоyili” to‘g‘ri sоliq to‘lаsh bilаn bоg‘liq 
edi vа vаkillik uchun оvоz bеrishdа ishtirоk etmаgаn shахs 
yoki  sаylаnishgа  hаqli  bo‘lgаn  insоn,  hukumаt  tоmоnidаn 
himоyalаngаn vа ulаrgа ustunliklаr bеrilgаn edi. Frаnshizаni 
kеngаytirish uchun Qоnunlаr 1832, 1867, 1884, 1918, 1928, 
1948,  vа  1969-yillаrdа  qаbul  qilingаn  vа  оldingi  Qоnunlаr 
tаfsilоtlаri tаriхgа kеtgаn. 1918-yildа bittа frаnshizа tuzilgаn 
bo‘lib,  u  rаyоn  sаylоv  оkruglаri  uchun  yarаtilgаn.  Аyollаr 
uchun 30 yoshdаn so‘ng оvоz bеrish хuquqi 1918-yildаn vа 
21 yoshdаn оshgаn аyollаr uchun 1928-yildаn bоshlаb аmаl 
qilingаn. Hоzirgi kundа sаylоv yoshi hаm erkаk hаm аyollаr 
uchun  18  yosh,  fаqаt  uni  16  yoshgаchа  tushirishni  tаklif 
qilishgаn.
35
Ko‘pchilik  manbalarda  saylov  huquqiga  ta’rif  berishda  u 
ikki ma’noda ishlatilishi hisobga olinadi va tushuncha shunga 
mos ravishda beriladi.
“Saylov huquqi” ikki ma’noda ishlatiladi. Birinchisi - saylov 
huquqi saylov yo‘li bilan shakllantiriladigan davlat organlari 
faoliyatini  tartibga  soluvchi  huquqiy  normalar  tizimidir. 
Ikkinchisi-saylov  huquqi  fuqarolarning  saylab  qo‘yiladigan 
organlarni  tuzishda  qatnashish,  ya’ni  unga  o‘zlarining 
saylanish  (passiv  saylov  huquqi)  va  ularning  tarkibini  say 
lash  (faol  saylash  huquqi)  huquqlaridir.  Bu  ta’rifdagi  saylov 
huquqi normalari saylov yo‘li bilan shakllantiriladigan davlat 
organlari  faoliyatini  tartibga  soladi  degan  ta’rifga  qo‘shilish 
qiyin. Chunki saylov huquqi davlat organlarini tashkil qilish 
tartibinigina  belgilaydi,  ularning  faoliyatini  esa  boshqa 
huquqiy  normalar,  masalan,  “Parlament  huquqi”  tartibga 
soladi.
35 Constitutional and administrative law / A. W. Bradley and K. D Ewing. 13th ed. 
Harlow, England ; New York: Longman, c2003. 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling