I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

5-MАVZU: O‘ZBЕKISTОN 
RЕSPUBLIKАSINING SАYLОV TIZIMI
RЕJА:
1-§. Saylov huquqi va saylov tizimi
2-§. Saylov huquqining konstitutsiyaviy asoslari.
3-§.  O‘zbekiston  Respublikasida  saylov  o‘tkazish 
prinsiplari.
4-§.  Saylovlarda  xalqaro  standartlar  (andozalar) 
qo‘llanilishi hamda Xalqaro hujjat qoidalarini O‘zbekiston 
saylov qonunchiligiga implementatsiya qilish.
5-§.  O‘zbekiston  Respublikasida  referendum  va  uni 
o‘tkazish tartibi.
 
1-§. Saylov huquqi va saylov tizimi
Saylov  kishilik  jamiyatidagi  eng  qadimiy  tadbirlardan 
hisoblanadi. Albatta, saylovlarrii hozirgi darajadagi mazmunga 
ega  bo‘lishi  uchun  ko‘p  vaqt  o‘tdi.  Saylov  har  bir  ijtimoiy 
tizimda (davrda) o‘ziga xos ko‘rinishda, mazmunda namoyon 
bo‘lgan. Masalan, quldorlik, feodal tuzum davridagi saylovlar 
kapitalizm, sotsializm davrlaridagi saylovlardan tubdan farq 
qilgan. Har bir tuzum saylov mazmun mohiyatiga ta’sir qilgan 
bo‘lsa,  saylov  ham  o‘z  navbatida  ijtimoiy  taraqqiyotga  ta’sir 
qilgan.
Saylov biror narsani yaratish, tashkil qilish vositasi bo‘lib, 
u  kishilarni,  jamiyat  a’zolarini  xohish-irodasini  ro‘yobga 
chiqarish vositasidir. Saylovda xohish-iroda ovoz berish orqali 
namoyon bo‘ladi. Ovoz berishning esa turlari har xil bo‘lib, ular 
orasida eng ahamiyatlisi, ommaviy xarakterga ega bo‘lgani - 
bu hokimiyat organlarini, tuzilmalarni tuzishda qo‘llanadigan 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling