I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
246 247 «Parlament» so‘zining lug‘aviy ma’nosi Fransuz tilidan olingan bo‘lib, «gapirmoq» ma’nosini anglatadi. Parlamentarizm katta taraqqiyot bosqichini bosib o‘tdi va uning chinakam tarixi burjua inqiloblari davridan boshlanadi. Hozirgi zamon parlamentlari o‘zlarining tuzilishi, vakolatlarining hajmi, ijtimoiy tarkibi, o‘z mamlakatlari siyosiy tizimida tutgan o‘rni, saylanish tartibi mavqei bilan bir-birlaridan ajralib turadilar. Ularning nomlanishi ham turli nomlar bilan yuritiladi. Masalan: AQShda Kongress, Xitoy Xalq Respublikasidagi Umumxitoy Xalq vakillari majlisida, Rossiyada Federal Majlis, Misrda Xalq Assambleyasi, Isroilda Knesset, Islandiyada Altningni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Jahon parlamentlarining ko‘pchiligi bir palatali tuzilishga ega. Dunyoda 60 dan oshiqroq davlatda esa, ikki palatali oliy vakillik organlari mavjud. Odatda, ikki palatali parlamentning palatalaridan biri ko‘pincha «quyi palata» deb yuritilib, u xalqning yagona irodasini ifodalaydi. (AQShda - Vakillar palatasi, Fransiyada - Millat Majlisi), boshqasi esa «Yuqori palata» deb atalib, u davlatning tarkibiy qism (hudud) larining manfaatlarini ifodalaydi. Parlamentlarning bunday tuzilishi muqim demokratik an’analar hamda federativ davlat tuzilishiga ega bo‘lgan mamlakatlarga xosdir Masalan, shu kabi parlamentlar AQSh, GFR, Braziliya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya va boshqalarda faoliyat yuritmoqdalar. O‘zbekiston Respulikasi o‘zining mustaqilligiga erishish davrida davlat hokimiyati vakillik organi faoliyatiga alohida e’tibor qaratdi. Ya’ni, vakillik organi sifatida Oliy Kengash o‘z faoliyatini mustaqil amalga oshira boshladi. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi O‘zbekistonda qonun chiqaruvchi oliy vakillik organi sifatida davlat mustaqilligini e’lon qilish va mustahkamlash jarayonida alohida o‘rin tutdi. Parlament sohasida amalga oshirilgan dastlabki islohotlar 1990-yil fevral-mart oylarida Oliy Kengashga o‘tkazilgan аhаmiyatini yoritib bеring. Sаylоvоldi tаshviqоtidа qo‘llаnishi tаqiqlаngаn usul vа vоsitаlаrni qоnun hujjаtlаrigа аsоslаngаn hоldа оchib bеring. Qоnun hujjаtlаrigа аsоslаngаn hоldа sаylоv jаrаyonidа ishоnchli vаkil vа vаkоlаtli vаkilning mаqоmi hаmdа vаzifаlаrini shаrhlаng. Sаylоv tizimining kоnstitutsiyaviy аsоslаri Kоnstitutsiyaning qаysi mоddаlаrdа ifоdаlаngаn? Ushbu mоddаlаrning аmаliyotdа qo‘llаnish tаrtibigа to‘хtаlib o‘ting. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling