I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
248
249
muhitni muhofaza qilishni va tabiiy resurslardan foydalanishni, 
shuningdek,  boshqa  munosabatlarni  O‘zbekistonga  tegishli 
huquq  doirasida  qonun  yo‘li  bilan  tartibga  solib  turishi 
belgilab qo‘yildi;
uchinchidan,  Oliy  Kengash  Rayosati  respublika  Oliy 
Kengashining  sessiyalarini  tayyorlash,  Oliy  Kengashning 
doimiy  komissiyalari  faoliyatini  muvofiqlashtirib  turish, 
o‘zbekiston  qonunlarining  loyihalari  va  davlat  hayotining 
boshqa eng muhim masalalari xalq muhokamasiga qo‘yilishini 
tashkil  etish,  respublika  qonunlari  hamda  respublika  Oliy 
Kengashi,  O‘zbekiston  Prezidenti  qabul  qilgan  boshqa 
hujjatlar  o‘zbek,  rus  va  boshqa  tillarda,  Qoraqalpog‘iston 
uchun esa, - qoraqalpoq tilida ham e’lon qilinishini ta’minlash 
bilan shug‘ullanishi belgilandi;
to‘rtinchidan,  agar  ilgari  O‘zbekiston  qonunlari  Oliy 
Kengash  tomonidan  qabul  qilinib,  Oliy  Kengash  Raisi  va 
Rayosat  kotibi  tomonidan  imzolangan  bo‘lsa,  endilikda 
qonunlar  Prezident  tomonidan  imzolanishi,  davlat  boshlig‘i 
qonunlarni  o‘z  e’tirozlari  bilan  Oliy  Kengashga  qaytarishi 
mumkinligi belgilab qo‘yildi va h.k.
Shuningdek, 
Oliy 
Kengash 
1990-yil 
20-iyunda 
O‘zbekistonning  “Mustaqillik  deklaratsiyasi”ni  qabul  qildi. 
Ushbu  hujjat  ham  Oliy  Kengashning  davlat  mexanizmidagi 
qonun  chiqaruvchi  organ  sifatidagi  ustuvorligini  yanada 
kuchaytirdi.  Endilikda  Ittifoq  Oliy  Sovetining  qarorlari 
O‘zbekiston  hududida  respublika  Oliy  Kengashi  tomonidan 
tasdiqlangan  taqdirdagina  yuridik  kuchga  ega  bo‘ishi 
belgilandi.
Umuman, o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasining 
Oliy Kengashi davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun hayotiy zarur 
bo‘lgan ko‘plab huquqiy hujjatlarni amalga kiritdi. U o‘zining 
butun faoliyati davomida 182 ta qonun, 4 ta kodeks va 509 ta 
qaror qabul qildi. Shuningdek, milliy huquq tizimiga xalqaro 
saylovlarda  o‘z  aksini  topdi.  “Natijada  o‘n  ikkinchi  chaqiriq 
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  tarkibi  oldingi 
chaqiriqlardagi  Oliy  Sovetning  barcha  tarkiblaridan  sifat 
jihatidan farq qildi. 500 nafar xalq deputatidan 418 nafari yoki 
83,6 foizi qonun chiqaruvchi oliy organga birinchi marotaba 
saylandi; 395 nafari yoki 79 foizi oliy ma’lumotga, 62 nafari 
yoki 12,4 foizi ilmiy darajaga, unvonga ega edi”. 
Ta’kidlash  joizki,  o‘n  ikkinchi  chaqiriq  O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekiston uchun tarixiy ahamiyat 
kasb  etuvchi  bir  qator  qonunlar  va  qarorlar  qabul  qildi. 
Uning 1990-yil 23-martda ish boshlagan birinchi sessiyasida 
O‘zbekiston  Konstitutsiyasi  (Asosiy  qonuni)ga  o‘zgartirish 
kiritish masalasi qo‘y ildi. 1990-yil 24-mart kuni “O‘zbekiston 
Prezidenti  lavozimini  ta’sis  etish  hamda  O‘zbekiston 
Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartish va qo‘shimchalar 
kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur qonun Oliy 
Kengash  va  Oliy  Kengash  Rayosatining  qonun  chiqaruvchi 
organga nisbatan farmoyish beruvchi organga xos bo‘lgan bir 
qator vakolatlarini Prezidentning zimmasiga yuklatishga doir 
o‘zgarishlarni nazarda tutardi. Bu o‘zgarishlar quyidagilardan 
iborat:
birinchidan,  Oliy  Kengashning  “davlat  hokimiyatining 
oliy  organi”  degan  bir  muncha  mavhum  huquqiy  maqomi 
aniqlashtirildi:  Konstitutsiyaning  101-moddasi  birinchi 
qismida O‘zbekiston davlat hokimiyatining oliy organi - doimiy 
ishlaydigan O‘zbekiston Oliy Kengashi bo‘lib, u o‘z faoliyatida 
qonun chiqarish va nazorat qilish vazifalarini amalga oshirishi 
qat’iy belgilab qo‘yildi;
ikkinchidan,  Oliy  Kengash  fuqarolarning  konstitutsiyaviy 
huquqlari,  erkinliklari  va  burchlari  amalga  oshirilishini, 
mulkchilik munosabatlarini, xalq xo‘jaligi va sotsial-madaniy 
qurilishni boshqarishni tashkil etishni, byudjet-moliya tizimini, 
mehnatga haq to‘lash va narx belgilashni, soliq solishni, atrof-



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling