I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


-§.Oliy Majlis palatalari faoliyatining


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

3-§.Oliy Majlis palatalari faoliyatining 
tashkiliy shakllari.
Jahon mamlakatlarining parlamentarizm sohasidagi uzoq 
yillik tajribalari shuni ko‘rsatadiki, parlament vakolatlarining 
realligi,  uning  barqaror  va  samarali  ishlashi  ko‘p  jihatdan 
parlament  faoliyatining  qay  darajada  to‘g‘ri  tashkil 
etilganligiga  bevosita  bog‘liqdir.  Bu  borada  O‘zbekiston 
Respublikasining  Konstitutsiyasi  va  qonunlarida  Oliy  Majlis 
palatalari faoliyatining zarur tashkiliy huquqiy mexanizmi o‘z 
ifodasini topgan.
Avvalo,  shuni  ta’kidlash  joizki,  O‘zbekistonda  Oliy 
Majlisga  saylovlar  kuni  va  uning  vakolat  muddati  qat’iy 
belgilab  qo‘yilgan:  Qonunchilik  palatasiga  saylovlar  uning 
vakolat  muddati  tugaydigan  yilda  -  dekabr  oyi  uchinchi 
o‘n  kunligining  birinchi  yakshanbasida  o‘tkaziladi.  Xuddi 
shu  kuni  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kengesi, 
mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga ham saylovlar 
o‘tkaziladi. Saylovlar o‘tganidan keyin bir oydan kechiktirmay 
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senati  mutlaq 
vakolatlariga  esa,  Konstitutsiyaning  80-moddasiga  muvofiq, 
quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senati  Raisini 
va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning 
o‘rinbosarlarini saylash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan 
O‘zbekiston  Respublikasi  Sudyalar  oliy  kengashi  raisini 
tayinlash;
Ushbu  band  o‘zbekiston  Respublikasining  2017  yil 
31  maydagi  O‘RQ  -  430-sonli  Qonuniga  asosan  chiqarib 
tashlangan;
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  O‘zbekiston 
Respublikasi  Bosh  prokurori,  Hisob  palatasi  raisi  tayinlash 
hamda ularni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini 
tasdiqlash;
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni 
lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik 
va  boshqa  vakillarini  tayinlash  hamda  ularni  lavozimidan 
ozod etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan
O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  boshqaruvining 
raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan
amnitsiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish;



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling