I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
272
273
lar,  palatalarning  reglamentlari  va  xalqning  umumiy  urf-
odatlari bilan belgilanadi. Deputatlik faoliyati turli davlatlar 
parlament a’zolarining maqomi o‘ziga хos xususiyatlari bilan 
ajralib  turadi.  Ular  tarixiy  va  milliy  xususiyatlarga,  davlat 
qonunchiligining  o‘ziga  xosligiga,  davlatning  unitar  yoki 
federativ shakliga va boshqa xususiyatlarga asoslangan.
O‘zbekiston  Respublikasining  “O‘zbekiston  Respublikasi 
Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  deputatining  va  Senati 
a’zosining  maqomi  to‘g‘risida”gi  Qonuniga  e’tibor  qaratilsa, 
Qonunchilik palatasi deputatining va Senat a’zosining maqomi 
deganda,  Qonunchilik  palatasi  deputati  va  Senat  a’zosining 
huquqlari,  majburiyatlari  hamda  deputatlik,  senatorlik 
faoliyatining asosiy kafolatlari tushuniladi.
Professor  O.T.Husanov  “O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisi  Qonunchilik  palatasi  deputati  va  Senati  a’zosining 
maqomi  to‘g‘risida”gi  qonunning  mazmunini  tahlil  etib, 
quyidagi  fikrlarni  bildirgan:  “Ushbu  qonunda  deputat 
maqomiga  tegishli  bo‘lgan  barcha  masalalarni  kimlar 
deputat  bo‘lishi;  ularning  vakolat  muddatlari;  deputatlikni 
tasdiqlovchi  vositalar;  deputatning  Oliy  Majlisdagi  ishi  kabi 
masalalarning  qonuniy  asosda  mustahkamlanganligini; 
deputatning  huquq  va  majburiyatlarini;  deputatlarning 
saylovchilar, siyosiy partiyalar bilan olib boradigan ishlarini; 
deputatning  parlament  so‘rovini;  deputat  odobini  o‘z  ichiga 
qamrab olgan”
44
.
O‘zbekiston  Respublikasida  ikki  palatali  parlamentning 
shakllanishi,  ular  a’zolarining  huquqiy  holatiga  ta’sir 
o‘tkazmay  qolmadi.  Qabul  qilingan  huquqiy  hujjatlar 
parlament  a’zolarining  faol  harakat  qilishlari,  ularning 
qonunchilik jarayonida, qolaversa, xalq vakili sifatida faoliyat 
olib borishlariga huquqiy zamin yaratib berdi.
44 Хусанов О.Т. Ўзбекистон Республикаси Конституциявий ҳуқуқи. -Т.: ТДЮУ. 
-2012. -Б. 234
maqsadida,  2018  yil  8-avgustda  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish 
kontsepsiyasini  tasdiqlash  to‘g‘risida”gi  Farmoni  qabul 
qilindi.  Mazkur  farmonning  asosiy  maqsadi  sifatida, 
tizimlashtirilgan qonunchilik bazasini shakllantirish, amalga 
oshirilayotgan islohotlarning huquqiy jihatdan ta’minlanishini 
takomillashtirish,  shuningdek,  Harakatlar  strategiyasida 
belgilangan vazifalarni izchil ro‘yobga chiqarishdan iborat.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling