I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
274 275 unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda; u chaqirib olingan taqdirda; sud uni muomalaga layoqatsiz deb topgan taqdirda; u sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoxud vafot etgan deb e’lon qilingan taqdirda; u O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan taqdirda; u vafot etgan taqdirda; palata tarqatib yuborilgan taqdirda. Alohida hollarda deputatning, senatorning vakolatlari tegishincha Qonunchilik palatasining, Senatning qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Deputat, senator degan yuksak nomga dog‘ tushiruvchi xulq-atvor bunday masalani ko‘rib chiqish uchun asos bo‘lishi mumkin. Qonunga muvofiq, deputat va senatorning huquqiy maqomi ikki guruhdagi normalar yig‘indisidan iborat: 1) deputatning, senatorning huquqlari va majburiyatlari; 2) deputat va senator faoliyatining asosiy kafolatlari. Deputatning, senatorning huquqlari va majburiyatlari Deputat, senator tegishincha Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida ko‘rib chiqilayotgan barcha masalalar bo‘yicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga asosan deputat, senator: palataning organlariga saylash va saylanishga; palata majlisida ko‘rib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga; palata tomonidan tuziladigan organlarning shaxsiy tarkibi hamda saylanadigan, tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning nomzodlari bo‘yicha fikr bildirishga; so‘rov bilan murojaat etishga; O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishini, shuningdek, palata qarorlarining bajarilishini tekshirish Mazkur qoida mazmunidan anglashiladiki, O‘zbekiston Respublikasida parlamentning ikki palataliligiga muvofiq ravishda, parlament a’zolarining ham ikki toifasi mavjud: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati (deputat) va Senati a’zosi (senator). Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylangan va O‘zbekiston Respublikasining Saylov Kоdеksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deputat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga saylangan va O‘zbekiston Respublikasining Saylov Kоdеksiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Senatga tayinlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi esa senator hisoblanadi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi Oliy Majlisning vakolat muddatiga, ya’ni besh yil muddatga saylanadi (tayinlanadi). Shuni alohida ta’kidlash lozimki, qonunchilikka muvofiq, deputat va senatorning vakolatlari muddatidan oldin ham tugatilishi mumkin. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunigа asosan Qonunchilik palatasi deputati va Senat a’zosining vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatilishi mumkin: u o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida yozma ariza bergan taqdirda; u, qonunga ko‘ra, deputatlik, senatorlik vakolatlarini amalga oshirishiga nomuvofiq bo‘lgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan taqdirda; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling