partiyaviyligi ko‘rsatiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning o‘z
nomzodi ovozga qo‘yilishiga rozi ekanligi to‘g‘risidagi arizasi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan
nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari. Siyosiy partiya
tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarida O‘zbekiston
Respublikasi jami saylovchilari umumiy sonining kamida bir
foizining imzosi bo‘lishi kerak.
Bunda siyosiy partiya bitta ma’muriy-hududiy tuzilmada
(Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri)
imzolar umumiy sonining ko‘pi bilan sakkiz foizini to‘plashi
mumkin.
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga Markaziy saylov
komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt
ko‘rsatilgan ma’lumotnoma beradi.
Siyosiy partiya saylov kompaniyasi boshlanganligi e’lon
qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan taqdirdagina
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatishi
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish
uchun siyosiy partiya saylovga kamida yetmish kun qolganida
Markaziy saylov komissiyasiga quyidagilarni taqdim etishi
kerak:
saylovda ishtirok etish to‘g‘risida partiya rahbari tomonidan
imzolangan ariza;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |