KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
280
281
Bu holat Konstitutsiyaning 89-moddasida «O‘zbekiston
Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat
hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini
hamda hamkorligini ta’minlaydi», deb mustahkamlandi.
Prezidentning ijro hokimiyati boshlig‘i funksiyasidan
olinishi va uning faqat davlat boshlig‘i sifatida qoldirilishi aslo
Prezident maqomining susayishini bildirmaydi. Chunki davlat
boshlig‘i sifatida u ijro hokimiyatini tuzishda, uning faoliyatini
nazorat qilishda asosiy rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston Prezidenti davlat boshlig‘i maqomiga ega
ekаn, unga konstitutsiyada keng vakolatlar berilishi bilan
birga, unga katta mas’uliyat ham yuklangan. U davlat
boshlig‘i bo‘lganligi uchun xalq hokimiyatchiligida to‘g‘ridan
to‘g‘ri ishtirok etadi, bu Konstitutsiyaning 10-moddasida
Prezidentning O‘zbekiston xalqi nomidan ishtirok etish
huquqi belgilanganligida aniq ko‘rinadi.
Prezident davlat boshlig‘i sifatida:
• tashqi munosabatda ishtirok etadi;
• hukumatni tuzadi;
• qonunlarni imzolaydi;
• Parlament palatalarini tarqatib yuborishi mumkin;
• sud hokimiyatini tashkil qilishda ishtirok etadi;
• oliy unvonlar, orden, medallar bilan taqdirlaydi va
qonunda belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi va
qonunda belgilangan boshqa vazifalarni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |