I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
276
277
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, shuningdek, 
“O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi 
deputati va senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi qonunida 
belgilab  berilgan  bir  qator  huquqiy  va  moddiy-moliyaviy 
kafolatlardan foydalanadilar.
Kafolatlar  mexanizmining  amal  qilishi  nafaqat 
deputatlarning  huquq  va  majburiyatlarini  ta’minlashga, 
balki  parlament  a’zolari  faoliyatini  samarali  amalga 
oshirishga  qaratilgandir.  Parlament  a’zosi  faoliyatining 
kafolatlari  keng  qamrovli  bo‘lganligi  uchun  ularni  maxsus 
o‘rganishimiz  maqsadga  muvofiqdir.  Parlament  a’zolari 
faoliyatining  kafolatlarini  quyidagi  turlarga  bo‘lib  o‘rganish 
lozim: parlament a’zosining daxlsizligi (immuniteti); mehnat 
huquqlari  kafolatlari;  moddiy  kafolatlar  (indemnitet); 
tashkiliy - ijtimoiy kafolatlar.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 
deputati va senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi qonunining 
16-moddasiga ko‘ra, deputat va senatorning tegishli palatada 
ishlagan vaqti umumiy ish stajiga va avvalgi ixtisosi bo‘yicha 
ish stajiga qo‘shib hisoblanadi. Deputat va senatorga har yili 
36 ish kunidan iborat haq to‘lanadigan mehnat ta’tili beriladi, 
qonun  hujjatlarida  ko‘proq  muddatli  ta’til  nazarda  tutilgan 
hollar  bundan  mustasno.  Har  yili  mehnat  ta’tili  deputatga, 
qoida  tariqasida,  Qonunchilik  palatasining  sessiyalari 
oralig‘idagi  davrda  beriladi.  Qonunchilik  palatasi  tarqatib 
yuborilgan  taqdirda  deputatga  va  Senatda  doimiy  asosda 
ishlovchi  senatorga  ishdan  bo‘shatish  nafaqasi  to‘lanadi 
hamda ishga joylashish davrida qonunda belgilangan tartibda 
o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.
haqida  ko‘rib  chiqilishi  uchun  masalalar  taklif  etishga  va 
boshqa bir qator huquqlarga ega.
Qonunchilikda  deputat,  senatorning  huquqlari  bilan 
bir  qatorda,  ularning  majburiyatlari  ham  belgilangan. 
Deputat  va  senator  tegishincha  Qonunchilik  palatasining, 
Senat  majlislarida,  shuningdek,  palataning  qaysi  qo‘mitasi, 
komissiyasi  tarkibiga,  kelishuv  komissiyasi  tarkibiga 
saylangan  bo‘lsa,  shu  qo‘mita,  komissiyaning  majlislarida 
qatnashishi,  ovoz  berishda  Qonunchilik  palatasining, 
Senatning  reglamentlarida  belgilangan  tartibda  shaxsan 
ishtirok etishi shart.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Senatning qo‘mita, 
komissiya,  kelishuv  komissiyasi  majlisida  ishtirok  etish 
imkoniyati  bo‘lmagan  taqdirda  deputat,  senator  bu  haqda 
tegishincha Qonunchilik palatasining Spikeriga, Senat Raisiga, 
qo‘mita,  komissiya  raisiga,  kelishuv  komissiyasining  tegishli 
palatadan saylangan ham raisiga oldindan xabar qilishi shart.
Deputat va senator faoliyatining asosiy kafolatlari “Kafolat” 
so‘zi  (Fransuzchadan  -  ta’minlash)  tasdiqlash,  ta’minlash 
ma’nolarini  anglatadi.  SHu  tariqa,  kafolat  -  bu  muayyan 
natijaga  erishishni  ta’minlovchi  hodisa,  vakolatlarni  amalga 
oshirish uchun zarur bo‘lgan holat va o‘z vakolatlarini amalga 
oshirishda  xalq  vakillarining  sun’iy  to‘siqlarsiz  va  bevosita 
ishtirok etishini ta’minlab beruvchi maxsus mexanizm. Aynan 
ma’lum bir munosabat, jarayonni ta’minlash kafolatning eng 
muhim belgisi hisoblanadi.
Ushbu  holat  mazkur  huquqiy  hodisaning  sub’ektiv 
huquq, yuridik majburiyat, javobgarlik kabi boshqa huquqiy 
kategoriyalardan farqini aniqlashga yordam beradi, vaholanki, 
huquqiy  hodisa  o‘z  ichiga  olgan  maqsadga  erishishni 
ta’minlamasa, kafolat hisoblanmaydi.
Parlament  a’zolari  o‘z  vakolatlari  doirasida  faoliyatlarini 
hech  qanday  sun’iy  to‘siqsiz  amalga  oshirishlari  uchun 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling