partiya ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z
ichiga olgan ma’lumotnoma;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lajak nomzod
to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilgach,
Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyaning vakolatli
vakiliga hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt ko‘rsatilgan
ma’lumotnoma beradi. Markaziy saylov komissiyasi taqdim
etilgan hujjatlar asosida partiyaning saylovda ishtirok etishiga
ijozat berish to‘g‘risida besh kunlik muddat ichida uzil-
kesil qaror qabul qiladi hamda siyosiy partiyaning vakolatli
vakiliga ro‘yxatga olinganlik guvohnomasini va belgilangan
namunadagi imzo varaqalarining blankalarini beradi.
Saylovda ishtirok etuvchi partiyalarning ro‘yxati arizalarning
kelib tushishi navbati tartibida markaziy matbuotda e’lon
qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar
ko‘rsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va
qirq besh kun qolganida tugaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar
ko‘rsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |