I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
296
297
unvonlar,  shuningdek,  harbiy  unvonlar  berish  to‘g‘risidagi 
farmonlar;
sud  tomonidan  hukm  qilingan  fuqarolarni  avf  etish 
to‘g‘risidagi farmonlar;
favqulodda  holat  va  safarbarlik  e’lon  qilish  haqidagi 
farmonlar va h.k.
Prezident chiqaradigan hujjatlar uning o‘zi tomonidan Oliy 
Majlis yoki boshqa davlat organini xabardor qilmasdan yoki 
roziligini olmasdan mustaqil chiqaradi. Prezident chiqaradigan 
farmonlar, qarorlar, farmoyishlar Konstitutsiya va qonunlarga 
zid bo‘lmasligi  shart.  Chunki  ular  Konstitutsiya  va  qonunlar 
asosida,  ularni  bajarish  maqsadida  chiqariladi.  Prezident 
chiqargan  normativ  hujjatlarining  O‘zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasiga  muvofiqligi  to‘g‘risidagi  masala,  zaruriyat 
tug‘ilganda,  O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyaviy 
sudi tomonidan hal qilinadi (Konstitutsiyaning 109-moddasi).
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmon  va 
qarorlari  qonun  osti  hujjatlaridir.  Ular  Konstitutsiya  va 
mamlakat qonunlariga zid bo‘lmasligi zarur (Konstitutsiyaning 
16-moddasi).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining aktlari respublika 
matbuotida rasman e’lon qilinadi.
Misol  tariqasida,  2017-yil  7-fevraldagi  O‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  “O‘zbekiston  Respublikasini 
yanada  rivojlantirish  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasi 
to‘g‘risida”gi Farmoni asosida mamlakatimiz taraqqiyotining 
beshta ustuvor yo‘nalishi belgilab olindi.
Konstitutsiyaning 
95-moddasida 
ta’kidlanganidek, 
Qonunchilik  palatasi  yoki  Senat  tarkibida  ularning  normal 
faoliyatiga  tahdid  soluvchi  hal  qilib  bo‘lmaydigan  ixtiloflar 
yuz  berganda  yoxud  ular  bir  necha  marta  O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan 
taqdirda,  shuningdek,  Qonunchilik  palatasi  bilan  Senat 
to‘g‘risidagi  hujjatlarni  qabul  qilish  haqida  O‘zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senatiga  taqdimnoma  kiritadi 
(93-moddaning 23-bandi).
Amnitsiya  -  jinoyat  sodir  etgan  shaxslarni  jinoiy 
javobgarlikdan to‘la yoxud qisman ozod qilish yoki ilgari sud 
tayinlagan  jazoni  o‘tagan  shaxslarning  sudlanganligini  olib 
tashlashdir.
O‘zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  o‘z  vakolatlarini 
bajarishni  davlat  idoralariga  yoki  mansabdor  shaxslarga 
topshirishga haqli emas.
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Konstitutsiyaga  va 
qonunlarga  asoslanib  o‘z  vazifalari  va  vakolatlarini  amalga 
oshirish maqsadida ko‘p qirrali huquq ijodkorligi faoliyatini 
yuritadi  hamda  ulaоni  ijro  etish  yuzasidan  respublikaning 
butun  hududida  majburiy  kuchga  ega  bo‘lgan  farmonlar, 
qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Farmon  -  jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  irodasiga 
taalluqli  huquqiy  hujjat  bo‘lib,  u  uzoq  muddat  amal  qiladi. 
Farmon - normativ huquqiy hujjat.
Qaror - konstitutsiya va qonun normalarini ijrosini amalga 
oshirishga qaratilgan normativ huquqiy hujjat.
Farmoyish  -  individual  (muayyan  masalaga  qaratilgan) 
tashkiliy xususiyatdagi hujjatdir.
Misol tariqasida, Farmonlar Prezidentning konstitutsiyaviy 
vakolatlari bo‘yicha turkumlanadigan bo‘lsa, quyidagi tasnifni 
ko‘rish mumkin:
fuqaroning  huquq  va  erkinliklarini  muhofaza  etuvchi 
farmonlar;
kadrlarni tayinlash va lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi 
farmonlar;
vazirlik va boshqa davlat idoralarini tuzish, qayta tuzish va 
tugatishga doir farmonlar;
davlat  nishonlari  va  faxriy  yorliqlar  bilan  mukofotlash, 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling