I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
294
295
tengdir  (Konstitutsiyaning  21-moddasi).  Fuqarolikka  ega 
bo‘lish  va  uni  yo‘qotishning  asos  va  tartiblari  «O‘zbekiston 
Respublikasining  fuqarolik  to‘g‘risida»gi  qonuni  bilan 
belgilanadi.  Qonunning  30-moddasida  Prezidentning 
fuqarolik masalalari bo‘yicha vakolatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Prezident quyidagi qarorlarni qabul qiladi:
birinchidan,  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  doimiy 
yashab kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxslarni  O‘zbekiston  Respublikasining  fuqaroligiga  qabul 
qilish;
ikkinchidan,  xorijda  yashayotgan  va  tegishli  iltimosnoma 
bilan  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentiga  murojaat 
qilgan  xorijiy  fuqarolar  va  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslarni 
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish;
uchinchidan,  O‘zbekiston  Respublikasining  fuqaroligiga 
tiklash to‘g‘risida;
to‘rtinchidan,  O‘zbekiston  Respublikasining  fuqaroligidan 
chiqarish to‘g‘risida;
beshinchidan,  O‘zbekistpn  Respublikasining  fuqaroligini 
yo‘qotganlik to‘g‘risida.
Konstitutsiyaning 93-moddasi 21-bandiga muvofiq, davlat 
mukofotlari  (ordenlar,  medallar,  yorliqlar)  bilan  taqdirlash 
O‘zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  tomonidan  amalga 
oshiriladi.
U  oliy  harbiy  unvonlarni  (masalan,  armiya  generali), 
oliy  malakaviy  unvonlarni  (masalan,  diplomatik  daraja), 
oliy  maxsus  unvonlarni  (masalan,  amaldagi  davlat  adliya 
maslahatchisining  toifa  darajasini)  beradi.  Fan  va  texnika, 
adabiyot  va  san’at  sohasidagi  davlat  mukofotlari  bo‘yicha 
komissiyaning qarori Prezident farmonlari bilan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  amnitsiya 
Lekin Prezident bunday qarorni qabul qilishda erkin emas, 
chunki favqulodda holat faqat qonunda belgilangan hollarda 
va tartibdagina joriy etiladi.
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  harbiy  sohadagi 
vakolatlari ham salmoqlidir. U Respubiika Qurolli Kuchlarining 
Oliy  Bosh  qo‘mondoni  hisoblanadi,  Qurolli  Kuchlarning  oliy 
qo‘mondonlarini  tayinlaydi  va  vazifasidan  ozod  qiladi,  oliy 
harbiy unvonlar beradi.
Prezidentning  Oliy  Bosh  qo‘mondon  ekanligi  Mudofaa 
vazirligiga  har  qanday  qonuniy  buyruqlar  berishiga  imkon 
tug‘diradi.  Mudofaa  vaziri  amalda  bevosita  Prezident 
rahbarligida ishlaydi. Urush yoki agressiya holatida Prezident 
har  qanday  vaqtda  qurolli  kuchlarga  boshchilik  qilishni  o‘z 
zimmasiga olishi mumkin.
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tajovuzdan  mudofaa 
qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatiarini bajarish 
zaruriyati  tug‘ilganda  urush  holati  e’lon  qilishga  haqli,  u  bu 
qarorini uch kun mobaynida mamlakat Oliy Majlisi tasdig‘iga 
kiritadi.
Davlat  boshlig‘i  sifatida  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining  vakolatlari  jumlasiga  fuqarolik,  siyosiy 
boshpana  berish,  O‘zbekiston  Respublikasining  davlat 
mukofotlari bilan taqdirlash, avf etish to‘g‘risidagi hujjatlarni 
qabul  qilish  va  gunohidan  kechishni  amalga  oshirish  kabi 
masalalarni hal qilish ham kiritilgan.
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  qariyb 
uch yil davrida uzoq yillar mamlakatirnizda istiqomat qilib, 
jamiyat  ravnaqiga  munosib  hissa  qo‘shib  kelayotgan  va  biz 
bilan vatandosh bo‘lishni orzu qilgan 3 mingdаn оrtiq shaxs 
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.
O‘zbekistonda  yagona  fuqarolik  joriy  etilgan  bo‘lib,  unga 
qanday asoslarda ega bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha uchun 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling