I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
306
307
ma’muriy  islohotlar  amalga  oshirilgan,  bundan  tashqari, 
ijro  etuvchi  hokimiyatni  mamlakatimizda  Prezidentlik 
institutini joriy etish va uni mustahkamlash sharoitida, davlat 
boshlig‘i rahbarligida avvaliga Prezident huzuridagi Vazirlar 
Mahkamasi,  keyinchalik  mustaqil  organ  -  Hukumat  sifatida 
tashkil topishini Prezident va Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga 
oid  huquqiy  asoslarni  chambarchas  bog‘liqliqda  o‘rganishni 
talab qiladi.
Masalan  mustaqillik  arafasida  Prezident  lavozimi  ta’sis 
etilgach, hukumatning vakolat doirasida, tarkibida, faoliyatida 
sezilarli  o‘zgarishlar  yuz  berdi.  Avvallari,  O‘zbekiston 
Respublikasining  hukumati  -  Ministrlar  Soveti  deb  atalgan 
bo‘lsa
50
,  O‘zbekistonning  1978-yilgi  Konstitutsiyasiga  1990-
yil  mart  oyida  kiritilgan  o‘zgartishlar  natijasida  u  Vazirlar 
Mahkamasi deb ataldi
51
. Prezident uning raisi hisoblanadi, ana 
shu vaqtda amalda bo‘lgan Konstitutsiyaning 120-moddasida 
Vazirlar Mahkamasi tarkibi Prezident, Vitse-Prezident, Vazirlar 
Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlari, 
vazirlar,  davlat  qo‘mitalari  raislari,  yirik  kontsern  va 
birlashmalarning  raislaridan  iborat  bo‘lishi  ko‘rsatildi. 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashining  raisi 
O‘zbekiston  Respublikasi  hukumati  tarkibiga  o‘z  lavozimi 
bo‘yicha kirishi belgilab qo‘yildi
52
.
1990-yil  1-noyabr  kuni  O‘zbekiston  SSRda  ijroiya  va 
boshqaruv  hokimiyatining  tuzilishini  takomillashtirish 
to‘g‘risida Qonun qabul qilindi. Natijada mavjud prezidentlik 
hokimiyati  bilan  Vazirlar  Kengashining  ijroiya  -  boshqaruv 
hokimiyati qo‘shib yuborilib, u Prezident huzuridagi Vazirlar 
50  Ўзбекистан  ССРнинг  “Ўзбекистан  Республикаси  Министрлар  Совети 
тўғрисида”ги  қонуни  //  Ўзбекистан  Республикаси  Олий  Советининг 
ведомостлари. -1978. - № 36. - 527-модда
51  Хусанов  О  Т.  Ўзбекистан  Республикаси  давлат  органлари.  /  Масъул 
муҳаррир А.Азизхўжаев/. -Тошкент: Шарк, 1996 - Б. 58-59.
52 Ўзбекистан ССРнинг Конституцияси. - Тошкент: Ўзбекистан, 1991. 44 б.
rivojlantirish, shuningdek, “aqlli tartibga solish” modellarini 
va  qabul  qilinayotgan  qarorlarning  tartibga  solish  ta’sirini 
tahlil  qilishning  standartlashtirilgan  uslubiyotini  joriy 
etish,  ayrim  davlat  funksiyalarini  jamoatchilik  nazorati 
sub’ektlariga  o‘tkazish  yo‘li  bilan  tartibga  solish  vositalarini 
takomillashtirish,  ishni  tashkil  etishning  aniq  natijalarga 
erishishga qaratilgan zamonaviy uslublarini (sifat menejmenti, 
indikativ  rejalashtirish,  autsorsing,  kraudsorsing)  joriy 
etish  hamda  rivojlanish  dasturlarini  ishlab  chiqish  va 
ularning  amalga  oshirilishini  monitoring  qilish  jarayonida 
jamoatchilik  bilan  o‘zaro  hamkorlikning  zamonaviy  shakl 
va  mexanizmlaridan  keng  foydalanish  va  boshqa  ustuvor 
vazifalar belgilab berildi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling