I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
302
303
etuvchi  hokimiyati  oliy  organi  hisoblanib,  hokimiyatning 
mustaqil  tarmog‘i  -  ijroiya  hokimiyatni  boshqaradi.  U 
mamlakatning  kundalik  hayotiga  oid  masalalarni  hal  qilish 
uchun  davlat  boshqaruvini  amalga  oshiruvchi  hamda 
mamlakat taraqqiyoti istiqbolini belgilashda ishtirok etuvchi, 
bu  borada  keng  vakolatlarga  ega,  kollegial  organdir.  Uning 
faoliyati  jamiyat  va  davlat  hayotining  barcha  jabhalariga 
ta’sir  qiladi.  Boshqa  hokimiyat  tizimidagi  davlat  organlarini 
aslo kamsitmagan holda aytish mumkinki, hukumat faoliyati 
murakkab,  ko‘p  qirralidir.  Ana  shu  ko‘p  qirrali,  murakkab 
faoliyatni  maqsadli,  samarali  amalga  oshirish  usullarini 
topish  maqsadida  Vazirlar  Mahkamasining  faoliyatini 
takomillashtirish ustida doimiy ish olib boriladi.
Turli mamlakatlarda hukumat har xil nomlar bilan atalishi 
mumkin.  Masalan,  Italiyada  -  Vazirlar  Kengashi,  Xitoy  xalq 
respublikasida - Davlat Kengashi yoki Markaziy xalq hukumati, 
Shveytsariyada  –  Federal  Kengash,  Fransiya,  Litva  hamda 
Chexiyada  -  hukumat,  Rossiyada  -  hukumat  va  boshqalar
47

O‘zbekiston  Respublikasida  hukumat  “Vazirlar  Mahkamasi” 
deb  nomlangan  bo‘lib,  Konstitutsiyaga  binoan  O‘zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  ijro  etuvchi  hokimiyatni 
amalga oshiradi.
Ularning  qanday  nomlanishidan  qat’i  nazar  hukumat 
o‘ziga  xos  xususiyat  va  umumiy  belgilarga  ega:  1)  hukumat 
nisbatan  mustaqil  davlat  hokimiyati  tarmog‘ini  tashkil  etib, 
ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi; 2) hukumat amalda 
ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimiga rahbarlik qiladi; 3) 
hukumat  -  iqtisodiy  va  ijtimoiy  rivojlanishni  ta’minlaydigan 
boshqaruvning barcha tarmoqlari va jabhalariga rahbarlikni 
amalga  oshiruvchi  umumiy  kompetentsiyaga  ega  organ;  4) 
47 Конституции мира. Т.2. - Ташкент: Академия МВД Республики Узбекистан, 
1997. - С. 523.
oshirishlari  hamda  kishilarning  siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy, 
ma’naviy  jihatdan  erkin  yashashlari  uchun  sharoit  yaratib 
berishga qaratilgan.
Professor  H.T.  Odilqoriev  “Ijroiya  hokimiyati  ham 
vertikal,  ham  gorizontal  ravishda  o‘zaro  bog‘langan  davlat 
organlarining  muayyan  tizimidan  iborat”
46
  dеgan  fikrni 
ilgari surib, yuqoridagi belgilar bilan bir qatorda, ijro etuvchi 
hokimiyat tizimining yaxlit ekanligi hamda o‘zbekiston davlat 
tuzilishining  unitar  xususiyatidan  kelib  chiqib,  ijro  etuvchi 
hokimiyat organlari tizimi ichki vertikal bo‘ysunish tamoyiliga 
asoslanishiga ishora qiladi.
Shunday qilib, ijro etuvchi hokimiyatga quyidagicha ta’rif 
berish mumkin. Ijro etuvchi hokimiyat - bu davlat hokimiyati 
tizimining  alohida  mustaqil  bo‘g‘ini  bo‘lib,  u  Konstitutsiya 
va  qonunlar,  davlat  dasturlari,  parlament  qarorlari,  davlat 
boshlig‘ining  normativ-huquqiy  hujjatlarining  ijrosini 
ta’minlash  maqsadida  mamlakatning  siyosiy,  iqtisodiy, 
ijtimoiy, madaniy va ma’naviy rivojlantirish masalalarini hal 
qilishda aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan, tashkillashtiruvchi, 
farmoyish  beruvchi,  tezkor-ijrochilik  faoliyatni  amalga 
oshirishda omilkorlik ila harakat qilish orqali fuqarolarning 
konstitutsiyaviy  huquq  va  erkinliklarini  ta’minlash  va 
aholining turmush farovonligini yanada oshirish uchun qulay 
sharoitlar yaratish maqsadida, o‘zining vakolatlari doirasida 
mamlakatning  butun  hududi  yoki  muayyan  ma’muriy-
hududiy  birligida  bajarilishi  umummajburiy,  tabiatan 
qonunosti  hisoblangan  huquqiy  hujjatlar  qabul  qiladigan 
davlat boshqaruv organlarining yagona tizimi hisoblanadi.
Amalda  qonunchiligimizga  muvofiq,  Vazirlar  Mahkamasi 
-  O‘zbekiston  Respublikasining  Hukumati  -  respublika  ijro 
46 Ўзбекистан Республикасининг конституциявий ҳуқуқи / X.Одилқориев, 
ИТ.Тультеев, У.Х.Мухамедов. - Т. : Ўзбекистан Республикаси ИИВ Академияси, 
2005. - Б. 328.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling