I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
300
301
Davlat  hokimiyatining  ijro  etuvchi  tarmog‘i  hokimiyatlar 
bo‘linishi prinsipiga ko‘ra, davlat mexanizmida hokimiyatning 
umumiy va maxsus vakolatga ega o‘ziga xos ijroiya organlar 
tizimi  shaklida  namoyon  bo‘ladigan  mustaqil  tarmog‘i 
hisoblanadi. Ijro etuvchi hokimiyatning o‘ziga xos eng muhim 
xususiyati  -  bu  uning  faoliyati  qonunlar  ijrosini  ta’minlash 
xarakteriga  egaligida  namoyon  bo‘ladi.  Bu  hol  davlat  va 
jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab oluvchi qonun 
ustuvorligi tamoyilining ajralmas belgisidir.
Ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari  umumiy  va  maxsus 
vakolatga  ega  kollegial  yoki  yakkaboshchilik  boshqaruviga 
asoslangan,  markaziy  va  mahalliy  organlarni  birlashtiruvchi 
ierarxik,  ko‘ptarmoqli,  funktsional  murakkab  tizimni  tashkil 
etadi.  Ushbu  belgi  va  xususiyatlar  ijro  etuvchi  hokimiyat 
tizimining  o‘zi  qabul  qilayotgan  qarorlar  ijrosiga  layoqatli 
mustaqil  konstitutsiyaviy-huquqiy  institut  sifatidagi  o‘rnini 
belgilaydi.
Ijro  etuvchi  hokimiyat  -  ijro  etish  va  farmoyish  berish 
faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  yetarli  tashkiliy-huquqiy 
mexanizmlar  va  faoliyat  shakllariga  ega.  Ayni  paytda,  uning 
shakllanishda hosila organ ekanligi, ya’ni ikkilamchiligi, qonun 
asosida  faoliyat  yuritishi,  universalligi,  unga  xos  jo‘shqinlik 
(dinamik),  o‘z  vakolat  doirasining  mavjudligi,  ierarxik 
qurilgan apparat va ko‘psonli profestsional xizmatchilarga ega 
bo‘lishi, tashkilotchilik xususiyatining mavjudligi va nihoyat, 
farmoyish berish huquqiga ega ekanligi kabilar uning o‘ziga 
xos asosiy belgilari sanaladi.
Davlatning umumiy funksiyasidan kelib chiqib, ijro etuvchi 
hokimiyat  faoliyatining  asosiy  maqsadi:  birinchidan,  fuqaro, 
jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash; ikkinchidan, fuqaro 
hayoti, jamiyat farovonligi, mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishi 
uchun  sharoit  yaratib  berish;  uchinchidan,  fuqarolar  va 
jamoat  birlashmalarining  huquq  va  erkinliklarini  amalga 

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling