I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
288
289
tadbirlarni  ko‘radi.  Mustaqillikni  muhofaza  qilish  davlat 
hokimiyati  barcha  tarmoqlarining  faoliyat  ko‘rsatishi  orqali 
ta’minlanadi. SHuning uchun Prezident maxsus vakolatlarga 
ega. Xususan, favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy 
tartibsizliklar,  yirik  halokat,  tabiiy  ofat,  epidemiyalar)  yuz 
berganda shaxsan o‘zi tezkor qarorlar qabul qiladi.
Prezident  davlat  boshlig‘i  sifatida  xalqaro  munosabatlar 
sohasida  muhim  vakolatlarga  ega.  Prezident  xalqaro 
munosabatlarda  O‘zbekiston  Respublikasining  vakilidir.  Bu 
vakillik funksiyasini u yakka o‘zi amalga oshiradi. Prezident 
o‘z vakillarini yuborishi mumkin. Bu vakillar davlat nomidan 
vakolatlarga  ega  bo‘ladi.  Prezident  mamlakat  ichida  va 
xalqaro  munosabatlarda  O‘zbekiston  Respublikasi  nomidan 
ish yuritadi.
Prezidentning tashqi siyosat sohasidagi muhim vakolatlari 
jumlasiga quyidagilar kiradi:
birinchidan,  uning  huzurida  akkreditatsiyadan  o‘tgan 
diplomatik  hamda  boshqa  vakillarning  ishonch  va  chaqiruv 
yorliqlarini qabul qiladi;
ikkinchidan, 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
chet 
davlatlardagi  diplomatik  va  boshqa  vakillarini  tayinlash 
uchun nomzodlami O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Senatiga taqdim etadi.
Konstitutsiya 93-moddasining 7-bandida shu narsa belgilab 
qo‘yilganki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlisga 
mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng 
muhim  masalaiari  yuzasidan  murojaat  qilish  huquqiga  ega. 
Bu murojaatlar normativ hujjat hisoblanmasada, siyosiy tusga 
ega  bo‘lib,  mamlakat  taraqqiyotining  dasturiy  prinsiplari  va 
strategik vazifalarini o‘z ichiga oladi.
Davlat boshlig‘ining qonun chiqaruvchi organga murojaat 
qilish  amaliyoti  deyarli  barcha  mamlakatlarda  mavjud. 
Murojaatnomaning  mazmuni  yuridik  nuqtayi  nazardan 
hollarda tegishli choralar ko‘rishga burchlidir.
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.M.Mirziyoyevning 
Konstitutsiya  qabul  qilinganligining  27  yillik  tantali 
marosimdagi  ma’ruzasida,  so‘nggi  yillаrdа  jinоyat  sоdir 
etgаn  shахslаrni  аfv  etish  bo‘yichа  8  tа  fаrmоn  qаbul 
qilinib, 4 mingdаn ziyod shахs jаzоni o‘tаsh jоylаridаn оzоd 
qilindi.  Аnа  shu  ishlаrimizning  mаntiqiy  dаvоmi  sifаtidа 
kuni  kеchа  nаvbаtdаgi  fаrmоngа  imzо  chеkdim.  Ungа  binо-
аn  jinоiy  qilmishigа  chin  dildаn  pushаymоn  bo‘lib,  tuzаlish 
yo‘ligа  qаt’iy  o‘tgаn  92  nаfаr  mаhkum  аfv  etilib,  ulаr  erkin 
hаyotgа  qаytаrilаdi.  Bu  yil  Jаsliq  qo‘rg‘оnidаgi  jаzоni  ijrо 
etish kоlоniyasini yopgаnimiz hаm аnа shundаy insоnpаrvаr 
siyosаtning  аmаliy  nаmunаsi  bo‘ldi.  Оzоdlikdаn  mаhrum 
etilgаn  shахslаrgа  pеnsiya  vа  ijtimоiy  sug‘urtа  to‘lаsh 
tаrtibi  birinchi  mаrtа  аmаliyotgа  kiritildi.  Nаtijаdа  mаnzil-
kоlоniyalаrdа jаzоni o‘tаyotgаn pеnsiya yoshidаgi 709 nаfаr 
mаhkumgа  pеnsiya  pullаri  to‘lаb  bеrilаyotgаnligi  alohida 
ta’kidlanib o‘tildi.
Darhaqiqat,  ushbu  ma’lumotlar  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining 
fuqarolar 
huquq 
va 
erkinlilkarini 
ta’miniashdagi rolining amaliy natijasini ko‘rsatib turibdi.
O‘zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  Konstitutsiya 
va  qonunlarga  rioya  etilishining  kafilidir.  Prezident  o‘z 
vakolatlarini  amalga  oshira  borib,  barcha  davlat  organlari, 
mansabdor  shaxslar  va  fuqarolarning  o‘z  konstitutsiyaviy 
majburiyatlarini  talab  darajada  bajarishlarini  ta’minlaydi.  U 
xatti-harakatlari Konstitutsiya talablariga javob bermayotgan 
organlar  va  shaxslarga  bevosita  murojaat  qilish  orqali  yoki 
shu  sohadagi  vakolatli  organlar,  xususan,  sudlar  vositasida 
bunga erishadi.
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Konstitutsiyada 
belgilangan  tartibda  davlatning  mustaqilligi,  xavfsizligi  va 
hududiy  yaxlitligini  muhofaza  etish  yuzasidan  zarur  chora-



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling