5-§. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi deputati va Senat
a’zosining huquqiy maqomi.
Parlament a’zolari xalqning hokimiyat vakillik organlarida
faoliyat
ko‘rsatuvchi
vakillaridir.
Respublikamizning
mustaqilligini mustahkamlashda, huquqiy davlat qurishda,
chin ma’nodagi demokratiyaga erishishda ularning faoliyati
muhim ahamiyat kasb etadi. SHu sababli parlamentarizmni
shakllantirish va rivojlantirishda parlament a’zolarining
huquqiy maqomini takomillashtirish, ularning aholi oldidagi
ma’suliyatini yanada oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
deputati va Senati a’zosining huquqiy maqomi, rivojlangan
demokratik davlatlar tajribasidan va o‘zbek xalqining milliy
urf-odat me’yorlaridan kelib chiqib, har jihatdan puxta
ishlab chiqilgan huquqiy asoslariga ega bo‘la boshladi. Oliy
Majlis Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining
huquqiy maqomi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga
asoslangan bo‘lib, Konstitutsiyaning o‘n sakkizinchi bobida
Qonunchilik palatasi deputatining va Senat a’zosining faoliyati
haqida so‘z boradi.
Rivojlangan davlatlar parlament a’zolarining huquqiy
maqomi konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonunlar, joriy qonun-
Do'stlaringiz bilan baham: |