I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
268 269 o‘qishda ko‘rib chiqishga tayyorlash mas’ul qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi. Fraksiyalar (deputatlar guruhlari) qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish yakunlariga ko‘ra mas’ul qo‘mitaga o‘z fikrlari va takliflarini taqdim etadi. Mas’ul qo‘mita fraksiyalar (deputatlar guruhlari), manfaatdor tashkilotlar hamda ekspertlar guruhlarining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qonun loyihasining dastlabki tarzdagi muhokamasini o‘tkazadi va agar Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, qonun loyihasi olingan kundan e’tiboran ikki oy ichida unga: Qonunchilik palatasi Kengashining qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun Qonunchilik palatasiga kiritish to‘g‘risidagi qarori loyihasini; mas’ul qo‘mitaning mazkur qonun loyihasini qabul qilish yoki rad etish zarurligi asoslangan xulosasini; fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qonun loyihasi bo‘yicha fikrlari va takliflarini ilova qilgan holda, Qonunchilik palatasi Kengashi ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi. Qonunchilik palatasi qonun loyihasini, qoida tariqasida, uch o‘qishda ko‘rib chiqadi. Qonun loyihasi birinchi yoki ikkinchi o‘qishda qabul qilingan taqdirda, mas’ul qo‘mitaning taklifiga binoan qonunni keyingi o‘qishlar tartib-taomilini istisno etgan holda qabul qilish to‘g‘risidagi masala ovozga qo‘yilishi mumkin. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan palata deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan qonun Qonunchilik palatasining tegishli qarori va boshqa zarur materiallar bilan birgalikda mas’ul qo‘mita tomonidan rasmiylashtiriladi hamda Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan Senatga ko‘rib chiqish uchun o‘n kun ichida yuboriladi. xalqaro tajriba qo‘llanilishining maqbulligi to‘g‘risidagi asosli takliflar ketma-ket tartibda ko‘rsatilgan tahliliy qiyosiy jadval; moddiy xarajatlar talab qilinadigan qonunlar loyihalari uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslar; davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini ko‘paytirishni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti moddalari bo‘yicha o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasiga muvofiq, Qonunchilik palatasining Kengashi huzurida Qonunchilik palatasi devoni xodimlari orasidan uch kishidan iborat tarkibda kiritiladigan qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh tuzilishi belgilab qo‘yildi. Qunda kelib tushgan qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, Qonunchilik palatasi Kengashi a’zolarini ular haqida xabardor qilish va ushbu loyihalarni bundan keyin kuzatib borish Muvofiqlashtiruvchi guruh zimmasiga yuklatildi. Shuningdek, fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qonun loyihasi bo‘yicha fikrlari va takliflari hisobga olinishi shartligi qonunda mustahkamlab qo‘yildi. Bu esa siyosiy Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling