I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
266
267
muvofiq,  qonunchilik  tashabbusi  huquqiga  O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti, o‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik 
organi  orqali  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi,  O‘zbekiston 
Respublikasining  Konstitutsiyaviy  sudi,  Oliy  sudi,  Bosh 
prokurori  egadirlar  va  bu  huquq  qonunchilik  tashabbusi 
huquqi  sub’ektlari  tomonidan  qonun  loyihasini  O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish 
orqali amalga oshiriladi.
Qonun  loyihasi  Qonunchilik  palatasiga  kiritilayotganda 
qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ekti tomonidan quyidagi 
hujjatlar taqdim etilishi kerak:
qonun  loyihasining  kontsepsiyasi  bayon  qilingan 
tushuntirish  xati,  ushbu  kontsepsiyada  huquqiy  jihatdan 
tartibga  solishning  asosiy  g‘oyasi,  maqsadi  va  predmeti; 
tegishli  ijtimoiy  munosabatlarni  huquqiy  jihatdan  tartibga 
solishning  mazkur  sohada  amalda  bo‘lgan  qonunlar  hamda 
boshqa  normativ-huquqiy  hujjatlar  tahlili  ilova  qilingan 
holdagi umumiy tavsifi va holatiga berilgan baho
qonun loyihasini ishlab chiqish zaruriyati asoslari; qonun 
loyihasining  asosiy  qoidalari;  bo‘lg‘usi  qonunning  ijtimoiy-
iqtisodiy,  huquqiy  va  boshqa  oqibatlari  prognozi  belgilab 
berilgan bo‘lishi kerak;
o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  kiritish  to‘g‘risidagi, 
shuningdek, qonun loyihasi kiritilishi bilan bog‘liq qonunlarni 
o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qonun loyihasi;
o‘zgartirilishi,  qo‘shimchalar  kiritilishi,  o‘z  kuchini 
yo‘qotgan  deb  topiiishi  yoki  qabul  qilinishi  kerak  bo‘lgan 
qonunosti hujjatlarining ro‘yxati;
xalqaro  hujjatlar  va  chet  el  mamlakatlari  qonun 
hujjatlarining, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining 
tegishli qoidalari, O‘zbekiston Respublikasi sharoitida tegishli 

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling