I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
264
265
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik 
palatasi Spikeri va Senati Raisi:
tegishli  palataning  majlislarini  chaqiradi,  ularda  raislik 
qiladi;
palata 
muhokamasiga 
kiritiladigan 
masalalarni 
tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;
palata  qo‘mitalari  va  komissiyalarining  faoliyatini 
muvofiqlashtirib boradi;
O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlarining  va  Qonunchilik 
palatasi qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;
parlamentlararo  aloqalarni  amalga  oshirish  ishlariga 
hamda  xalqaro  parlament  tashkilotlari  ishi  bilan  bog‘liq 
tegishli palata guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa palatasi, 
davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va o‘zga tashkilotlar 
bilan  o‘zaro  munosabatlarda  tegishli  palata  nomidan  ish 
ko‘radi;
palata qarorlarini imzolaydi;
Konstitutsiya  va  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan 
boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Xususan, mamlakatning amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini 
bajara  olmaydigan  holatlarda  Senat  Raisi  uning  vazifa  va 
vakolatlarini  vaqtincha  o‘z  zimmasiga  oladi.  O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va 
Senati Raisi farmoyishlar chiqaradi.
Oliy  Majlis  palatlari  devoni  yuridik  shaxs  hisoblanadi. 
Devonning  tashkil  etilishi  va  faoliyati  tartibi  Qonunchilik 
palatasi Spikeri hamda Senat Raisi tomonidan tasdiqlanadigan 
Nizomda belgilanadi.
Parlament  ishini  tashkil  etishning  O‘zbekiston  va  xorijiy 
davlatlar tajribasidan ma’lumki, parlament devoni ishini to‘g‘ri 
tashkil etish uning vazifalarini samarali amalga oshirishning 
kafolatidir.
senatorlar  umumiy  sonining  kamida  uchdan  bir  qismining 
taklifiga binoan chaqirilishi mumkin.
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik 
palatasi va Senati majlislarida, shuningdek, ularning organlari 
majlislarida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari;
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyaviy  sudi,  Oliy  sudi 
raislari;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori;
O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  boshqaruvining 
raisi ishtirok etishlari mumkin.
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik 
palatasi  va  uning  organlari  majlislarida  Senat  Raisi, 
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senati  va  uning 
organlari  majlislarida  Qonunchilik  palatasi  Spikeri  ishtirok 
etishi mumkin.
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik 
palatasi va Senati alohida-alohida majlis o‘tkazadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 
va Senatining qo‘shma majlislari:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda;
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  mamlakat  ijtimoiy-
iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim 
masalalari yuzasidan nutq so‘zlaganda;
chet davlatlarning rahbarlari nutq so‘zlaganda;
palatalarning  kelishuviga  binoan  boshqa  masalalar 
yuzasidan o‘tkaziladi.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling