I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
-§. O‘zbekiston Respublikasida
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
4-§. O‘zbekiston Respublikasida
qonunchilik jarayoni Mamlakatimizda qonunchilik jarayoninini tartibga soladigan, tegishli normalarni doimiy tarzda takomillashtirib boradigan bir qancha qonun hujjatlari qabul qilingan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunlar, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti to‘g‘nsida” “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” (yangi tahrir), “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risidagi qonunlar hamda parlament palatalarining reglamentlarini misol tariqasida sanab o‘tishimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining eng muhim funksiyasi - qonunchilik faoliyatidir. Qonunchilik faoliyati deganda, qonun loyihalarini tayyorlash, ularni Qonunchilik palatasiga taqdim etish, muhokama qilish, qabul qilish, ma’qullash, sanksiyalash va promulgatsiya qilishdan iborat bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan jarayon tushuniladi. Ikki palatali parlament sharoitida qonun ijodkorligi jarayoni quyidagi besh qismdan iborat bo‘ladi: qonunchilik tashabbusi; qonun loyihasini muhokama qilish; qonunning Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinishi; qonunning Senat tomonidan ma’qullanishi; qonunni imzolash va e’lon qilish. Qonunchilik faoliyatining dastlabki bosqichida qonun loyihasi tayyorlanadi va Qonunchilik palatasiga taqdim etiladi. Bu bosqich qonunchilik tashabbusi deb yuritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling