I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
-§. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
2-§. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
davlat hokimiyati tizimidagi tutgan o‘rni hamda konstitutsiyaviy vakolatlari. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi hisoblanib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Oliy Majlis palatalarining davlat mexanizmida tutgan o‘rni, davlat hokimiyatining boshqa organlari bilan munosabatlari, vakolatlari va ularni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunlar, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamenti to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining reglamenti to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, palatalarning reglamentlari orqali tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 10-moddasida, O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin, deyiladi. Mazkur normaning o‘ziyoq, Oliy Majlisning oliy vakillik hokimiyatini amalga oshirishini, uning davlat hokimiyati organlari tizimida alohida o‘rin tutishini nazarda tutadi. Konstitutsiyaning “Davlat hokimiyatining tashkil etilishi” deb nomlangan beshinchi bo‘limi esa, “O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqidagi XVIII bob bilan boshlanadi. 76-88-moddalardan iborat mazkur bob O‘zbekiston Respublikasi parlamentining konstitutsiyaviy maqomini belgilab beradi. Konstitutsiyaning 76-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling