I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
252 253 foizi ikki palatali parlamentni yoqlab ovoz berdi. Nihoyat, 2004-yil 26-dekabrdagi saylov natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan deputatlarning 34,3 foizi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 23,3 foizi, Fidokorlar milliy-demokratik partiyasidan 18 nafar, Milliy tiklanish demokratik partiyasidan 11 nafar, Adolat sotsial-demokratik partiyasidan 10 nafar, tashabbuskor guruhlardan 14 nafar deputat saylandi. Saylangan deputatiar orasida quyidagi mutaxassislar vakillarini ko‘rishimiz mumkin. Bularga: 2005-yil 17-20-yanvar kunlari o‘tkazilgan mahalliy davlat hokimiyati organlari qo‘shma majlislarining bayonnomalariga asosan, Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda - olti nafardan, jami 84 nafar deputat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi sifatida ro‘yxatga olindi. 2005-yil 24-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan 16 nafar Senat a’zosi tayinlandi. Shunday qilib, profestsional tarzda faoliyat olib boradigan ikki palatali parlament to‘la tarkibda saylovlar asosida shakllantirilib olindi. edi. Zamonaviy parlamentarizmning aksariyat davlatlar uchun namuna bo‘lib xizmat qilayotgan modeli - AQSh Kongressi ham, salkam 2,5 asrdirki faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shu jihatdan aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasida tarixan qisqa davr – yigirma sаkkiz yildаn оshiq vаqt mobaynida parlamentarizm sohasida o‘ziga xos tajriba orttirildi, milliy parlamentning yangicha modellaridan biri yaratildi. Parlament faoliyatini takomillashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotiar tizimida ikki palatali parlamentga o‘tish bilan bog‘liq islohotlar, shubhasiz, markaziy o‘rin egallaydi. Ikki palatali parlamentni tashkil etish g‘oyasi, taklifi O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2000-yil 25-may kuni ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasida “O‘zgarish va yangilanish - hayot talabi” nomli ma’ruzasida o‘rtaga tashlandi: “...biz 2004-yilda bo‘ladigan saylovlarda parlamentni ikki palatali qilib tashkil etishimiz lozim. Bunda quyi palata - Oliy Majlis partiyalar vakillari va mustaqil deputatlardan saylanadi. Siyosiy partiyalar va aholi yig‘ilishlari unga o‘z vakillarini o‘tkazadi, ular parlamentda doimiy ravishda ishlaydi. Muhimi shuki, yangi shakldagi parlamentda mutaxassis deputatlar faoliyat ko‘rsatadi, ya’ni u profestsional parlament bo‘ladi. Biz o‘sib-ulg‘ayib, bugun shu darajaga etib keldik”. Mazkur omillardan kelib chiqib, navbatdagi ustuvor vazifa sifatida ikki palatali parlamentga o‘tishni huquqiy jihatdan rasmiylashtirish masalasi qo‘yildi. 2001-yil 12-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalaridan biri sifatida ikki palatali parlamentga o‘tish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Referendum 2002-yil 27-yanvar kuni o‘tkazildi hamda referendumda ovoz beruvchilar ro‘yxatiga kiritilgan 93,65 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling