I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
254 255 (quyi palata) va Senatdan (Yuqori palata) iborat. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati - besh yil. Konstitutsiyada nazarda tutilgan oliy davlat vakillik organi deganda, Oliy Majlisning vakillik organlari tizimiga kirishi va mazkur tizimda uning eng yuqori pog‘onani egallashi; qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi, deganda esa, hokimiyatlar bo‘linishi prinsipiga muvofiq, davlat hokimiyatining eng muhim faoliyat yo‘nalishlaridan biri - qonun ijodkorligi O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan amalga oshirilishi tushuniladi. Aksariyat davlatlarning konstitutsiyaviy amaliyotidan farqli ravishda, O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Konstitutsiyada ham, boshqa qonun hujjatlarida ham parlament deb yuritilmaydi. Lekin Konstitutsiyaning Yuqorida ta’kidlangan 76-moddasi mazmunan Oliy Majlisning O‘zbekiston Respublikasining Parlamenti ekanligidan dalolat beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan so‘zlagan ma’ruzalarida, eng asosiy kamchilik shuki, Oliy Majlis hali-hanuz haqiqiy bahs-munozaralar maydoniga aylangani yo‘qligiga alohida e’tibor qaratdilar. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (quyi palata) bir yuz ellik deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining bir yuz ellik deputati hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining profestsional, doimiy faoliyat ko‘rsatishiga asoslanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati esa, hududiy vakillik palatasi bo‘lib, Senat a’zolaridan (senatorlardan) iborat. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling