I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
250
251
vakolatlari mustahkamlab qo‘yildi.
O‘tish  davrida  qonun  hujjatlarini  qabul  qilish  holatidan 
kelib  chiqib,  O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi 
83-moddasida  ularni  qabul  qilishning  hozirgiga  nisbatan 
ancha  soddaroq  tartibi  belgilangan  edi.  Ya’ni:  “O‘zbekiston 
Respublikasining  Oliy  Majlisi  qonunlar,  qarorlar  va  boshqa 
hujjatlar qabul qiladi. Qonunni qabul qilish uchun Oliy Majlis 
deputatlarning  ko‘pchilik  ovozi  talab  etiladi.  Qabul  qilingan 
qonunlarning  va  boshqa  normativ  hujjatlarning  matbuotda 
e’lon qilinishi ular qo‘llanilishining majburiy shartidir”.
Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi 
mamlakatimiz  qonunchilik  tizimining  takomillashuviga 
munosib hissa qo‘shdi. U o‘zining 1995-2000-yillarda o‘tgan 
o‘n beshta sessiyasida 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 145 ta 
qonun, 460 dan ortiq qaror qabul qildi, amaldagi qonunlarga 
216 ta o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritdi. Qonun ijodkorligi 
jarayonida bevosita demokratiyaning konsultativ ko‘rinishi - 
umumxalq  muhokamasidan  samarali  foydalanishga  harakat 
qiiindi.  Agar  mustaqillikka  erishilgan  kundan  e’tiboran 
1999-yilga  qadar  O‘zbekistonda  27  ta  qonun  umumxalq 
muhokamasidan keyin qabul qilingan bo‘lsa, shundan 20 tasi 
birinchi  chaqiriqdagi  Oliy  Majlis  tomonidan  qabul  qilindi. 
E’lon  qilingan  har  bir  qonun  loyihasi  yuzasidan  500  tadan 
2000 ga qadar taklif kelib tushdi va ular o‘rganib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasida ikki palatali parlamentga o‘tish 
yo‘lida  Profestsional  parlamentarizmga  o‘tish  -  o‘ta  muhim, 
shu  bilan  birga,  g‘oyat  murakkab  vazifa.  Zero,  rivojlangan 
demokratik davlatlarda shakllangan va faoliyat ko‘rsatayotgan 
profestsional  parlamentlarning  har  biri  o‘zining  uzoq  va 
tadrijiy rivojlanish tarixiga ega. Xususan, Buyuk Britaniyada 
Jamoalar  palatasi  va  Lordlar  palatasidan  iborat  Parlament 
qariyb  7,5  asrlik  tarixga  ega.  Fransiyaning  ilk  parlamenti  - 
General Shtatlar birinchi marta 7 asr muqaddam chaqirilgan 
huquq  normalarini  implementatsiya  qilish  borasida  ham 
qator ishlar amalga oshirildi. Besh yil davomida Oliy Kengash 
tomonidan  22  ta  shartnoma,  21  ta  bitim,  bitta  deklaratsiya, 
bitta  xartiya  va  16  ta  boshqa  hujjat  (konvensiyalarga 
tuzatishlar, MDH Ustavi va boshqalar) ratifikatsiya qilindi, 15 
ta konvensiyaga qo‘shilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Bir  palatali  Oliy  Majlis  faoliyatidagi  demokratik 
o‘zgarishlar 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston 
Respublikasining  Konstitutsiyasi  davlat  hokimiyatining 
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi 
prinsipiga asoslangan holda mustaqil O‘zbekistonning sobiq 
Ittifoq vakillik organlaridan tubdan farq qiluvchi parlamenti 
-  Oliy  Majlisning  konstitutsiyaviy  maqomini  belgilab  berdi. 
Agarda Oliy Kengash “davlat hokimiyatining oliy organi bo‘lib, 
o‘z faoliyatida qonun chiqarish va nazorat qilish vazifalarini 
amalga  oshirgan”  bo‘lsa,  yangi  qonunchilikda  hokimiyatlar 
bo‘linishi  prinsipi  talablaridan  kelib  chiqqan  holda, 
“O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik 
organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyati amalga oshiradi”, 
deb  belgilandi.  Bu  o‘zgarish  Oliy  Majlisning  oliyligi  butun 
davlat  hokimiyatiga  nisbatan  emas,  balki  vakillik  organlari 
tizimida ekanligini anglatadi.
Yangi  qonunchilikda  parlament  a’zolarining  soni  500 
nafardan 250 nafarga qisqartirildi. Mazkur deputatlar hududiy 
saylov  okruglari  bo‘yicha  ko‘p  partiyaviylik  asosida  besh  yil 
muddatga saylanishi belgilandr.
Yangi  parlamentning  vakolatlari  ham  uning,  eng  avvalo, 
qonun  chiqaruvchi  organ  ekanligi,  shuningdek,  oliy  vakillik 
organi  sifatida  o‘zbekiston  xalq  nomidan  ish  olib  borishga 
haqli  ekanligidan  kelib  chiqib  va  albatta,  hokimiyatlar 
bo‘linishi  prinsipiga  asoslanib  belgilandi.  Respublika 
Konstitutsiyasining  78-moddasiga  muvofiq,  bir  palatadan 
iborat  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  mutlaq 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling