I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
320
321
va boshqalar.
3-§. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
asosiy funksiyalari
Har  bir  davlat  ijro  etuvchi  hokimiyatining  tutgan  o‘rni, 
uning ijtimoiy vazifasi va faoliyat yo‘nalishi hamda funksiyalari 
ko‘lami,  shuningdek,  hukumat  tarkibi  va  tuzilmalariga  oid 
masalalarning barchasi mohiyatan bevosita unga konstitutsiya 
va qonunlar orqali mustahkamlab qo‘yilgan vakolatlar doirasi 
bilan  izohlanadi.  Ijro  etuvchi  hokimiyat  tizimi  umumiy 
vakolatlar  doirasidan  kelib  chiqqan  holda  har  bir  tarkibiy 
tuzilmasiga tegishli vazifalar yuklanishi bilan samarali faoliyat 
mexanizmiga ega bo‘ladi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  98-moddasiga 
ko‘ra,  Vazirlar  Mahkamasi  ijro  etuvchi  hokimiyatni  amalga 
oshiradi. Vazirlar Mahkamasi:
samarali  iqtisodiy,  ijtimoiy,  moliyaviy,  pul-kredit  siyosati 
yuritilishi,  fan,  madaniyat,  ta’lim,  sog‘liqni  saqlashni  hamda 
iqtisodiyotning  va  ijtimoiy  sohaning  boshqa  tarmoqlarini 
rivojlantirish  bo‘yicha  dasturlar  ishlab  chiqilishi  va  amalga 
oshirilishi uchun javobgar bo‘ladi;
fuqarolarning  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  boshqa  huquqlari 
hamda  qonuniy  manfaatlarini himoya  qilish bo‘yicha chora-
tadbirlarni amalga oshiradi;
davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari  ishini 
muvofiqlashtiradi  va  yo‘naltiradi,  ularning  faoliyati  ustidan 
qonunda belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi;
O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  Oliy  Majlis  qarorlari, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiriing farmonlari, qarorlari 
va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat 
ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan 
etish  bo‘yicha  davlat  boshqaruvi  va  mahalliy  ijro  etuvchi 
hokimiyat 
organlarining 
muvofiqlashtirilgan 
ishini 
ta’minlash,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  Vazirlar 
Mahkamasining  topshiriqlari  va  hujjatlari  ijrosini  tizimli  va 
amaliy nazorat qilishni takomillashtirish;
davlatning  iqtisodiy  faoliyatdagi  ishtiroki  tartibi  va 
darajasini aniq reglamentlash orqali iqtisodiyot tarmoqlariga 
ma’muriy  ta’sir  ko‘rsatishni  yanada  qisqartirish  va 
boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish, «xufyona 
iqtisodiyot»ning  oldini  olish,  pasaytirish  va  tizimli  qarshi 
kurashish  yuzasidan  kompleks  chora-tadbirlarni  amalga 
oshirish;
komplekslar,  Bosh  vazir  o‘rinbosarlari  va  Vazirlar 
Mahkamasining  apparati,  eng  avvalo,  uning  asosiy  bo‘g‘ini  - 
axborot- tahlil departamentlari tuzilmasini takomillashtirish 
va ixchamlashtirish. Normativ-huquqiy hujjatlarning iqtisodiy, 
moliyaviy  va  huquqiy  ekspertizasi  sifatini  yaxshilash,  ijro 
intizomi  darajasini  oshirish,  ko‘p  sonli  yig‘ilishlar,  ortiqcha 
yozishmalar  va  samarasiz  xizmat  safarlari  amaliyotiga  chek 
qo‘yish;
ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari  faoliyatini  mavjud 
muammolarning  sabablari  va  sharoitlarini  bartaraf  etishga, 
ishni  tashkil  etishning  zamonaviy  usullarini  joriy  etishga 
doir  kompleks  chora-tadbirlarni  ishlab  chiqish  va  amalga 
oshirishga  qayta  yo‘naltirish  maqsadida  ayrim  davlat 
funksiyalarini  xususiy  sub’ektlarga  berish  orqali  ortiqcha 
ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;
davlat  boshqaruvini  nomarkazlashtirish,  mahalliy  ijro 
etuvchi  hokimiyat  organlarining  moliyaviy  imkoniyatlari, 
roli  va  javobgarligini  kengaytirish,  markaziy  va  o‘rta 
bo‘g‘in  boshqaruv  xodimlari  sonini  ixchamlashtirish  orqali 
boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi 
hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling