I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
316
317
uchinchisi - Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin 
iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish 
masalalari kompleksi;
to‘rtinchisi — Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, 
mashinasozlik,  avtomobil,  elektrotexnika,  mudofaa,  paxtani 
qayta  ishlash  sanoatini  va  engil  sanoatni  rivojlantirish, 
mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi;
beshinchisi  -  Geologiya,  yoqilg‘i-energetika  kompleksi, 
kimyo,  neft-kimyo  va  metallurgiya  sanoati  masalalari 
kompleksi;
oltinchisi - Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-
ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi;
ettinchisi - Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport 
va turizm masalalari kompleksi;
sakkizinchisi - O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi.
Shuni  alohida  ta’kidlash  kerakki,  iqtisodiy  islohotlarni 
chuqurlashtirish  va  mamlakatni  izchil  ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish  talablariga  muvofiq,  shuningdek,  ishlarning 
samaradorligi  va  natijadorligini  ta’minlash,  ijro  intizomini 
mustahkamlash  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh 
vazirining  o‘rinbosarlari  va  Hukumat  apparati  tarkibiy 
bo‘linmalari 
rahbarlarining 
shaxsiy 
mas’uliyatini 
kuchaytirishga  qaratilgan  tizimli  chora-tadbirlar  amalga 
oshirilmoqda. Bu jarayonda Vazirlar Mahkamasining tarkibiga 
kiruvchi  vazirliklar  va  davlat  qo‘mitalari  ham  mos  ravishda 
isloh  etib  borilmoqda.  Masalan,  2017-yil  29-noyabrda 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “O‘zbekiston 
Respublikasi  Innovatsion  rivojlanish  vazirligini  tashkil  etish 
to‘g‘risida”gi PF-5264-son Farmoni va boshqalar.
2017-2021-yillarda 
O‘zbekiston 
Respublikasini 
rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha 
Harakatlar  strategiyasi  o‘rta  muddatli  istiqbolda  davlat 
siyosatining  ustuvor  yo‘nalishlarini  belgilab  bergan  eng 
Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari 
umumiy soni uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozini olsa, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan 
ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan 
qabul  qilingan  Bosh  vazirga  nisbatan  ishonchsizlik  votumi 
bildirilgan taqdirda.
Bosh vazirning lavozimidan ozod etilishi bir vaqtning o‘zida 
O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumatining  iste’foga  chiqishiga 
sabab bo‘ladi.
Har  bir  davlat  ijro  etuvchi  hokimiyat  tizimini  yaratishda, 
xususan, Hukumatni tashkil etishda uning optimal modelini 
ham  tashkiliy  jihatdan  ham  huquqiy  jihatdan  ta’minlashda 
qator  omillarga  tayanishi  tabiiy.  Bunda  asosiy  maqsad 
davlatning  yaqin  va  uzoq  muddatlarga  mo‘ljallangan 
vazifalarni  bajarishga  qodir  va  mos  tarkibni  shakllantirish 
hamda ular o‘rtasida ustuvor vazifalarni taqsimlash muhim.
Hozirgi  kunda  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vazirining 
umumiy rahbarlikni amalga oshirish bilan bir qatorda bevosita 
elektron  hukumat,  telekommunikatsiya  infratuzilmasini 
rivojlantirish  va  axborot  xavfsizligini  ta’minlash  hamda 
madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalariga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri rahbarlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri 
ishining hajmi va ko‘lamidan kelib chiqqan holda sakkiz nafar 
o‘rinbosarlari bir qator komplekslarga rahbarlik qilishadi.
Bular quyidagilar:
birinchisi  -  Hududlarni  kompleks  rivojlantirish  va 
kommunal  soha,  ekologiya,  atrof  muhitni  muhofaza  qilish, 
transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari 
kompleksi;
ikkinchisi  -  Makroiqtisodiy  tahlil  va  prognozlashtirish, 
moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va 
kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi;



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling