I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
330 331 shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarori talablariga hamda Vazirlar Mahkamasining apparatida ish yuritish bo‘yicha Yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda, 2018-yil iyuldan barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, loyihani ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtiriladi. Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari topshiriqlariga muvofiq yoxud tashabbus ko‘rsatish tartibida ishlab chiqiladi. Ushbu hujjat loyihalarini tayyorlash manfaatdor idoralar va tuzilmalar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ishlab chiqilgan loyihalar belgilangan tartibda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamda majburiy tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishiladi. Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan majburiy ravishda kelishib olinishi lozim bo‘lgan qarorlari va farmoyishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning topshirig‘iga binoan Bosh vazir o‘rinbosarlari yoxud Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqaruvchisi tomonidan kiritiladi. Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining ayrim loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Reglamentida nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda kelishiladi. majlislaridagi, boshqa muhim tadbirlardagi nutqlarida, shuningdek, ko‘rsatmalar va topshiriqlar sifatida ifodalangan siyosatni amalga oshirishga yo‘naltiradi. Shu bilan birga uning ishi Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlaridan, shuningdek, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi qarorlaridan kelib chiquvchi vazifalar asosida shakllantirilgan yarim yillik rejalarga muvofiq olib boriladi. Xususan, Vazirlar Mahkamasining yarim yillik uchun ish rejasida Vazirlar Mahkamasi majlislari rejasi, Rayosat majlislarini o‘tkazish rejasi hamda tarmoqlarda, iqtisodiyot sohalarida va mintaqalarda iqtisodiy islohotlarning borishi masalalarini Bosh vazir o‘rinbosarlari huzurida ko‘rib chiqish rejasi, shuningdek, doimiy, muvaqqat komissiyalar va boshqa ishchi organlar majlislarining kalendar rejasi aks etgan bo‘ladi. Shu bilan birga, axborot-tahlil departamentlari va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning, shuningdek, ular rahbarlari va mutaxassislarining yarim yillik ish rejalari belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Vazirlar Mahkamasining ko‘rib chiqishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonun bilan uning vakolatiga kiritilgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan masalalar kiritiladi. Masalalar qoida tariqasida, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari shaklida kiritiladi. Hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kiritish, kelishish va ko‘rib chiqishga tayyorlash Hukumat Reglamenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son va 2017- yil 28-iyuldagi PQ-3161-son qarorlarida belgilangan talablar, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling