4-§. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan chiqariladigan normativ-huquqiy hujjatlari
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
iqtisodiyotning, ijtimoiy va madaniy sohaning samarali
faoliyatiga rahbarlikni, qonunlar, Oliy Majlisning boshqa
qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,
qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida
amaldagi qonunlarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi
hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan
bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida
va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasining butun hududidagi barcha organlar,
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va
fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va
farmoyishlar chiqaradi. Vazirlar Mahkamasining normativ-
huquqiy tusdagi yoki o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
hujjatlari Vazirlar Mahkamasining qarorlari shaklida qabul
qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining tezkor va boshqa joriy masalalar
bo‘yicha qarorlari Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari
shaklida qabul qilinadi. Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlari Bosh vazir tomonidan imzolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |