I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
326
327
hokimiyati  tarkibiga  kiruvchi  davlat  organlari  ustidan 
boshqaruvni  amalga  oshiradi.  O‘zbekiston  Respublikasida 
Vazirlar  Mahkamasining  vakolatlari  aynan  shulardan  kelib 
chiqqan holda belgilangan.
Bosh vazir:
Vazirlar  Mahkamasi  faoliyatini  tashkil  etadi  va  unga 
rahbarlik  qiladi,  uning  samarali  ishlashi  uchun  shaxsan 
javobgar bo‘ladi;
Vazirlar  Mahkamasining  majlislarida  raislik  qiladi,  uning 
qarorlarini imzolaydi;
xalqaro munosabatlarda Vazirlar Mahkamasi nomidan ish 
ko‘radi  hamda  hukumаtlararo  shartnomalar  va  bitimlarni 
imzolaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda 
Bosh vazirning o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvining  Vazirlar  Mahkamasi 
majlisida ko‘rib chiqish talab etilmaydigan masalalari bo‘yicha 
qarorlar qabul qiladi;
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentiga 
viloyatlar 
hokimlarini  va  Toshkent  shahar  hokimini  tayinlash  hamda 
lavozimidan ozod etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi;
O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlarida  nazarda  tutilgan 
boshqa vazifalarni bajaradi.
Bosh vazir o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan 
farmoyishlar chiqaradi.
Bosh  vazir  Vazirlar  Mahkamasining  ishi  to‘g‘risida 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentiga  muntazam  ravishda 
axborot berib boradi.
Bosh  vazir  yo‘qligida  uning  vazifasini  Bosh  vazir 
o‘rinbosarlaridan biri bajaradi.
Bosh vazirning o‘rinbosarlari vazifalar taqsimotiga muvofiq 
o‘zlari  rahbarlik  qilayotgan  tarmoqdagi  ishlarning  ahvoli 
uchun javob beradilar, tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, 
vakolatlariga kiritilgan bo‘lmasa, vazirliklar, davlat qo‘mitalari 
va o‘z bo‘ysunuvidagi davlat boshqaruvi boshqa organlariga 
berishi mumkin.
Sakkizinchidan,  Qonunning  7-moddasiga  ko‘ra,  Vazirlar 
Mahkamasi  vazirlik,  davlat  qo‘mitasi,  idoralar  hamda  davlat 
va  xo‘jalik  boshqaruvining  boshqa  organlari  faoliyatini 
nazorat  qilish  bo‘yicha  muhim  funksiyani  amalga  oshiradi. 
Bundan  tashqari,  Vazirlar  Mahkamasi  vazirliklar,  davlat 
qo‘mitalari,  idoralar  hamda  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi 
boshqa organlarining hujjatlari amaldagi qonun hujjatlariga 
zid boigan hollarda ulami bekor qilish huquqiga ega.
Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  Konstitutsiya  hamda 
“O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  to‘g‘risida”gi 
Qonun  normalariga  asosan  hukumat  faoliyatining  asosiy 
yo‘nalishlari  sifatida  quyidagi  sohalarni  ajratish  mumkin: 
iqtisodiyot,  ma’muriy-siyosiy,  ijtimoiy-madaniy  sohalardagi 
faoliyat.
Nazariy  jihatdan  olganda  hukumat  faoliyatining  asosiy 
yo‘nalishlarini  yanada  aniqroq  ko‘rsatish  mumkin.  Masalan, 
rus  olimi  M.V.Baglayning  fikricha  hukumat  faoliyatining 
asosiy  yo‘nalishlari  quyidagilardan  iborat:  siyosiy  sohadagi 
faoliyat; ma’muriy-boshqaruv sohasidagi faoliyat; qonunchilik 
sohasidagi  faoliyat;  tashqi  siyosat  sohasidagi  faoliyat; 
iqtisodiyot  sohasidagi  faoliyat;  ijtimoiy  sohadagi  faoliyat  va 
hokazo.
Tabiiyki,  Vazirlar  Mahkamasining  vakolatlari  avvalambor, 
o‘zining  faoliyati  yo‘nalishlaridan  kelib  chiqib  belgilanadi. 
Vazirlar  Mahkamasi  ijro  etuvchi  hokimiyatni  namoyon  qilar 
ekan, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatidan farqli ravishda, 
ijro etuvchi faoliyatini amalga oshiradi. Oliy Majlis tomonidan 
qabul  qilingan  qarorlar,  Prezident  farmonlari,  qarorlari  va 
farmoyishlari  bajarilishini  ta’minlaydi,  shuningdek,  ijroiya 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling