I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
374 375 Quyida odil sudlovning asosiy Konstitutsiyaviy prinsiplarini ko‘rib chiqamiz. 1. Qonuniylik prinsipi. O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat shakllanishi sharoitida qonuniylik va inson huquqlariga qat’iy rioya etish vazifasi alohida ahamiyatga ega bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida mustahkamlab qo‘yilganidek: “O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar”. Sud davlat organi bo‘lib, uning faoliyatiga ham qonuniylikka rioya etish to‘g‘risidagi Konstitutsiya ko‘rsatmalari tatbiq etiladi. 2.Sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo‘ysunishi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 112-moddasiga muvofiq sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirib borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgariikka sabab bo‘ladi. Sudyalarning mustaqilligi Konstitutsiyaviy prinsip bo‘lib, demokratik huquqiy davlat barpo etilishini ta’minlash uchun zarur shart sifatida xizmat qiluvchi sudyalarning erkinligi va mustaqilligining kafolatlarini mustahkamlab qo‘ygan O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida“gi Qonunida, FPKda (7-modda), JPKda (14-modda) va IPKda (8-modda), Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksda (10-modda) o‘z rivojini topgan. 3. Odil sudlovni barcha shaxslarning qonun va sud oldida tеngligi asosida amalga oshirish. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 18-moddasi birinchi qismida“ O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga Kоnstitutsiyaviy sudning hujjаti rаsmiy e’lоn qilingаn kundаn e’tibоrаn kuchgа kirаdi. Kоnstitutsiyaviy sudning hujjаti qаt’iy vа uning ustidаn shikоyat qilinishi mumkin emаs. Kоnstitutsiyaviy sudning hujjаti uning o‘z tаshаbbusi bilаn quyidаgi hоllаrdа qаytа ko‘rib chiqilishi mumkin: hujjаt chiqаrilgаn pаytdа Kоnstitutsiyaviy sudgа nоmа’lum bo‘lgаn yangi оchilgаn hоlаtlаr munоsаbаti bilаn; hujjаt qаbul qilinishigа аsоs bo‘lgаn kоnstitutsiyaviy nоrmа o‘zgаrgаn tаqdirdа; Kоnstitutsiyaviy sud mаzkur hujjаtni bеlgilаngаn ish yuritish tаrtibi buzilgаn hоldа qаbul qilingаn dеb tоpgаn tаqdirdа. Konstitutsiyaviy sud Respublika miqyosida markaziy muassasa sifatida faoliyat yuritadi. Uning umumiy sudlarga o‘xshab joylarda tuzilmalari yo‘q. Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish va faoliyat tartibi maxsus qonun bilan tartibga solinadi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling