3-§. Odil sudlovni amalga oshiruvchi umumiy sudlar
tizimi, tashkil qilish tartibi, vazifasi
Sud hokimiyatining eng asosiy vazifasi - odil sudlovni
amalga oshirishdir. “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning
3-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida odil sudlov
faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. Bu odil sudlov sud
hokimiyatining mutlaq vakolati ekanligini anglatadi.
Odil sudlov - bu qonun va u bilan belgilangan tartib-
tamoyilga qat’iy rioya qilgan holda sudlar tomonidan jinoyat,
fuqarolik, iqtisоdiy ishlarini va ma’muriy huquqbuzarlik
to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va hal qilish bo‘yicha
huquqni muhofaza qilish faoliyatining turidir.
Odil sudlovning Konstitutsiyaviy prinsiplari - bu sud
ishlarini yuritishning eng muhim xususiyatlarini, xarakterini,
mazmun-mohiyatini, tashkil etilishi tartibini belgilovchi
Konstitutsiyada mustahkamlangan huquqiy qoidalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |