I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
378 379 maqsadida sudyaga turli shaklda, qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazish uchun uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan, shunday harakat mansabdor shaxs tomonidan sodir etilsa, olti oygacha qamoq yoki muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanishi belgilab qo‘yilgan. Sudyalar mustaqilligini ta’minlash, ishni xolisona ko‘rishga imkon yaratish, ularni chetdan bo‘ladigan ortiqcha xurujlardan, ta’sirlardan saqlashning yana bir vositasi sudyalar daxlsizligining Konstitutsiya va qonunlarda belgilanishidir. «Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida»gi Qonunning 16-moddasida Konstitutsiyaviy sud sudyasining daxlsizligi belgilanib, unga asosan, Konstitutsiyaviy sud sudyasi tegishli organlarning roziligisiz javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Bundan tashqari, sudyalarni majburiy keltirish, ushlab turish, tintuv qilish mumkin emas. Ularga nisbatan jinoiy ish faqat respublika Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atiladi. «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunning 70-moddasi ham sudyalar daxlsizligiga tegishli bo‘lib, uning qoidalari sud daxlsizligi turar joyga, xizmat binosiga, foydalanadigan transportga, aloqa vositalariga, xat-xabarlarga, unga tegishli ashyo va hujjatlarga taalluqli ekanligini qayd qilgan. Shu modda qoidasiga asosan, sudyalarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, ularga Oliy sud raisi va Adliya vaziri tomonidan belgilangan ro‘yxat bo‘yicha o‘q otish qurollari berilishi mumkin. Zarur holda sudya va uning oilasi uchun qurolli soqchilar ajratiladi. Sudyalarga nisbatan jinoiy ish faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atiladi. Sudya O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Sudyalаr оliy kеngаshining хulоsаsi оlinmаsdаn vа O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy sudi Plеnumining rоziligisiz jinоiy jаvоbgаrlikkа tоrtilishi, qаmоqqа оlinishi mumkin emаs. Sudya O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Sudyalаr оliy kеngаshining Viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudi raisini lavozimga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Respublika sudyalar Oliy Kengashining taqdimiga binoan tayinlaydi. Qolgan sudyalar O‘zbekiston Prezidenti bilan kelishilgan holda, Respublika sudyalar Oliy Kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. O‘zbekistonda sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlar sudyalarni jazolovchi organdan fuqarolarni manfaatlarini himoya qiluvchi organ darajasiga olib chiqishga qaratilmoqda. Sud faoliyati qoida ustuvorligini, ijtimoiy adolatga, fuqarolar tinchligi, manfaatlarini, mamlakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilib, o‘ziga tegishli vazifalarni bajarishda majburlovchi choralaridan, jazolash metodlaridan foydalanadi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling