I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
390 391 qilmoq, parvarishlamoq, аsrab-аvaylamoq, ta’minlamoq, sodir etmoq, boshqarmoq, boshlab bormoq” degan ma’no tushuniladi 63 . O‘zbekistonda prokuratura organlari alohida maqomga ega, u biron-bir hokimiyat tizimiga kiritilmagan. Konstitutsiyada alohida XXIV bob «Prokuratura»ga bag‘ishlangan. Uning 120-moddasiga asosan, «O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo‘ysunib amalga oshiradilar». Bu qoidaning o‘zi prokuratura mustaqil tuzilma ekаnligini ko‘rsatadi. Konstitutsiya prokuratura organlarining maqomini Konstitutsiyaviy darajada belgilar ekаn, ularning vazifasini ham umumiy tarzda, aniq belgilagan. Konstitutsiyaning 118-moddasida prokuratura respublika hududida qonunlarning aniq bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, deb ko‘rsatib qo‘yilgan. Ya’ni prokuraturaning bosh vazifasi butun mamlakat hududida davlat tomonidan qabul qilingan barcha qonunlarning bir xilda bajarilishini nazorat qilish hisoblanadi va bu bilan qonuniylik, qonun ustuvorligi ta’minlandi. Konstitutsiyada prokuraturaning umumiy vazifasi belgilangan bo‘lsa, 2001 yil 29 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonunda prokuraturaning asosiy vazifalari aniqlashtirib mustahkamlangan. Qonunning 2-moddasi «O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifasi» 64 deb nomlanadi. Unda belgilanishicha, prokuraturaning asosiy vazifalari: • qonun ustuvorligini ta’minlash; 63 Дворецский ИХ Латинско — русский словар 5-С439. — М., 1998 -С 621. 64 Ўзбекистон Республикасининг “Прoкурaтурa тўғрисидa”ги Қoнуни // [Электрон манба] // URL: http://lex.uz (мурожат қилинган вақт 23.01.2020). «Biz advokatura tizimini kuchaytirish va uning chinakam mustaqilligini ta’minlash, ularning vakolatlari va maqomini prokuratura maqomiga tenglashtirish uchun qonunchilik sohasida ham, amaliy ishlar sohasida ham ko‘pgina chora- tadbirlar ko‘rmoqdamiz». Advokaturaning maqomini demokratik xorijiy mamlakatlar tajribasi singari yuqori maqomga ko‘tarish bilan fuqarolar huquqini sudda to‘la ta’minlash mumkin. Ana shu maqsadda katta ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Sud-huquq sohasidagi islohotlar jamiyat hayotini isloh qilishning ajralmas qismi bo‘lib qolmoqda. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvir yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ikkinchi bo‘limi «Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvir yo‘nalishlari» deb nomlangan. Unga asosan sudni mavqeyini, ijtimoiy ta’minotini, sudlarning moddiy-texnik ba’zasini mustahkamlash; sudyalarga turli tazyiq o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish; sud mustaqilligini, sudya tomonlarni tengligini ta’minlash; tergov ustidan nazoratni kuchaytirish; sudlarni yanada ixtisoslashtirish; sud faoliyatiga zamonaviy axborot- texnologiyalarini joriy etish ko‘zda tutilgan. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling