I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
392 393 • beshinchi yo‘nalish — soliq intizomini mustahkamlashga, soliq, valuta sohasidagi jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurashga, shuningdek, davlatga еtkazilgan iqtisodiy zararni qoplashga qaratilgan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish; • oltinchi yo‘nalish — ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida jinoiy jazolarni va jinoyat- huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish; • еttinchi yo‘nalish — qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok etish. Ko‘rinib turibdiki, prokuratura faoliyati ko‘pqirrali va juda keng. Uni boshqarish uchun tegishli tizim va tarkibiy bo‘limlar shakllantiriladi. Keyingi paytda prokuratura organlari oldiga yangi vazifalar qo‘yilmoqda. Uning tarkibida «Majburiy ijro byurosi» tashkil qilinib, xalq farovonligini oshirish, davlat byudjetini kuchaytirish borasida ularga keng vakolat yuklandi. Prоkurаturа оrgаnlаri fаоliyatini tаshkil etish vа ulаr fаоliyatining аsоsiy prinsiplаri birlik, mаrkаzlаshgаnlik, qоnuniylik, mustаqillik vа оshkоrаlikdir. Prоkurаturа оrgаnlаri O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Bоsh prоkurоri rаhbаrlik qilаdigаn yagоnа mаrkаzlаshgаn tizimni tаshkil etаdi hаmdа quyi turuvchi prоkurоrlаr yuqоri turuvchi prоkurоrlаrgа vа O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Bоsh prоkurоrigа bo‘ysunishi hаmdа hisоbdоrligi аsоsidа fаоliyat ko‘rsаtаdi. Yuqоri turuvchi prоkurоr quyi turuvchi prоkurоrgа ko‘rsаtmаlаr bеrishgа yoхud uning hаr qаndаy, shu jumlаdаn prоtsеssuаl qаrоrini o‘zgаrtirish yoki bеkоr qilishgа hаqlidir, shuningdеk u o‘z bo‘ysunuvidаgi bаrchа prоkurоrlаrning ishlаri to‘g‘ri tаshkil etilishi uchun to‘liq jаvоbgаrdir. • qonuniylikni mustahkamlash; • fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumini himоya qilish; • huquqbuzarlikning oldini olish va profilaktika qilishdan iborat. Shu vazifalarni bajarish uchun u tegishli yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi va aniq vakolatlarga ega. Prokuratura organlari faoliyatining yo‘nalishlari: • birinchi yo‘nalish — vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi; • fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan qonunlar ijrosi; • Qurolli Kuchlarda, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarida harbiy tuzilmalarda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish; • ikkinchi yo‘nalish — tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish; • uchinchi yo‘nalish — jinoyatlar ustidan dastlabki tergov olib borish; • to‘rtinchi yo‘nalish — sudlarda jinoyat ishlari ko‘rib chiqilayotganda davlat ayblovini quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni hamda xo‘jalik nizolarini ko‘rishda ishtirok etish va qonunlarga zid hujjatlarga protest keltirish; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling