I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

8-§. Prokuratura tizimi
Prokuratura organlari inson huquqlarini, jamiyat va davlat 
manfaatlarini muhofaza qiluvchi eng muhim konstitutsiyaviy 
organlardan  biri  sanaladi.  Prokuratura  organlariga 
konstitutsiyaviy maqom berilishi, avvalo, mazkur tuzilmaning 
inson,  jamiyat  va  davlat  manfaatlarini  muhofaza  qilishdagi, 
mamlakatda  qonuniylik,  qonun  ustuvorligi  va  adolatni 
ta’minlashdagi o‘rni bilan chambarchas bog‘liq.
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev 
joylardagi  organlari  tizimi  va  strukturasi  takomillashtirildi. 
Bosh  prokuratura  strukturasida  Ijtimoiy  qonunchilik  ijrosi 
ustidan  nazorat  boshqarmasi,  Iqtisodiy  qonunchilik  ijrosi 
ustidan  nazorat  boshqarmasi,  Tadbirkorlik  sub’ektlarini 
huquqiy himoya qilish bo‘limi tashkil qilindi, hamda boshqa 
tarkibiy  tuzilmalarga  o‘zgartirishlar  kiritildi.  Farmon  bilan 
shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
2017-yil  7-fevralidagi  “O‘zbekiston  Respublikasini  yanada 
rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-
4947-sonli  Farmonida  belgilangan  ustuvor  yo‘nalishlarning 
bajarilishini  ta’minlash  prokuratura  organlarining  asosiy 
vazifasi hisoblanishi belgilandi.
O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokuraturasi  o‘zining 
vakolatlari  doirasida  chet  el  davlatlarining  prokuratura 
va  vakolatli  organlari  hamda  ixtisoslashtirilgan  xalqaro 
tashkilotlari bilan aloqalarni amalga oshiradi, bu O‘zbekiston 
Respublikasi  prokuratura  organlari  va  muassasalarining 
muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Bosh prokuratura O‘zbekiston 
Respublikasi  va  uning  fuqarolari  manfaatlarini  qamrab 
oluvchi  uyushgan,  transmilliy,  odam  savdosi,  narkotrafik 
bilan  bog‘liq  jinoyatchilik,  boshqa  iqtisodiyot,  ekologiya 
sohasidagi  huquqbuzarliklarga  qarshi  kurashishda  o‘zining 
imkoniyatlarini  chet  el  davlatlarining  huquqni  muhofaza 
qiluvchi organlari bilan hamkorlik va kuchlarni birlashtirishga 
qaratib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-may 
kunidagi  “Elektor  energiyasi  va  tabiiy  gaz  yetkazib  berish 
hamda  iste’mol  qilish  sohasida  to‘lov  intizomini  yanada 
mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan 
takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  Farmoni 
asosida  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokuraturasi 
huzurida  Majburiy  ijro  byurosi  tashkil  etilib,  uning  vazifasi, 
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling