I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
408
409
O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurori  vakolatiga 
shuningdek, 
prokuratura 
organlari 
xodimlarini 
rag‘batlantirish  (davlat  mukofotlariga  taqdim  etish,  ko‘krak 
nishonlar  bilan  taqdirlash),  prokuratura  organlarida  ishni 
tashkil  etish  (buyruqlar  chiqarish,  tarkibiy  bo‘linmalar 
to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash), o‘z vakolati doirasida chet 
el davlatlarining tegishli organlari bilan hamkorlik to‘g‘risidagi 
bitimlar  tuzish  hamda  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa 
vakolatlar ham kiritilgan.
Qonun  hujjatlarida  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh 
prokurorining hisobdorligiga ham alohida e’tibor qaratilgan. 
Xususan, u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Senati oldida hisobdor ekanligi 
belgilab qo‘yilgan.
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  prokuraturasi  O‘zbekiston 
Respublikasi  prokuraturasining  muhim  tarkibiy  qismi 
sanaladi.  “Prokuratura  to‘g‘risida”gi  Qonun  15-moddasiga 
muvofiq,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  prokuraturasiga 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  prokurori  rahbarlik  qiladi  va 
u O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan 
holda  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kengesi 
tomonidan  lavozimiga  tayinlanadi  hamda  lavozimidan  ozod 
etiladi.
Qоrаqаlpоg‘istоn Rеspublikаsi prоkurоri Qоrаqаlpоg‘istоn 
Rеspublikаsi  Jo‘qоrg‘i  Kеngеsi  vа  O‘zbеkistоn  Rеspublikаsi 
Bоsh prоkurоri оldidа hisоbdоrdir.
Qоrаqаlpоg‘istоn  Rеspublikаsi  prоkurоri  tеgishinchа 
tumаn, shаhаr prоkurаturаlаrining vа ulаrgа tеnglаshtirilgаn 
prоkurаturаlаrning  fаоliyatigа  rаhbаrlik  qilаdi,  qоnunlаr, 
O‘zbеkistоn  Rеspublikаsi  Bоsh  prоkurоrining  buyruqlаri 
аsоsidа  vа  ulаrni  ijrо  etish  uchun  o‘zigа  bo‘ysunuvchi 
хоdimlаrning  hаmmаsi  uchun  mаjburiy  bo‘lgаn  buyruqlаr 
chiqаrаdi. 
Respublikasi  Prezidentining  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh 
prokurorini  lavozimiga  tayinlash  hamda  lavozimidan  ozod 
etish  to‘g‘risidagi  farmonlari  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisining Senati tomonidan tasdiqlanadi.
Amaldagi  qonun  hujjatlarida  O‘zbekiston  Respublikasi 
Bosh  prokuroriga  zimmasiga  yuklangan  vazifalar  samarali 
bajarilishini  ta’minlashi  uchun  bir  qator  muhim  vakolatlar 
yuklangan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori 
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik 
palatasiga  qonunchilik  tashabbusi  bilan  murojaat  etishi 
mumkin bo‘lib, bu o‘z navbatida prokuratura organlari faoliyati 
natijasida  aniqlangan  qonunlardagi  kamchiliklar  haqida 
parlamentni o‘z vaqtida xabardor etish va qonun ijodkorligi 
jarayoni samaradorligini oshirish imkonini beradi.
O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurori  prokuratura 
tizimidagi  oliy  mansabdor  shaxs  sifatida  prokuratura 
organlarini  boshqa  davlat  hokimiyat  organlari  bilan 
munosabatlarda  ifodalaydi.  Xususan,  Bosh  prokuror 
prokuratura  organlari  faoliyatiga  oid  bir  qator  masalalar 
yuzasidan  bevosita  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentiga 
murojaat  etishi  mumkin.  Ushbu  masalalarga  Qonun  Bosh 
prokuratura  hayatining  tarkibini  tasdiqlash  to‘g‘risidagi 
takliflar  kiritish,  prokuratura  organlari  xodimlariga  darajali 
unvonlar berish va oliy darajali unvonlar berish to‘g‘risidagi 
taqdimnoma bilan murojaat etishni kiritadi.
O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurori  shuningdek, 
davlat  hokimiyatining  boshqa  organlari,  shu  jumladan, 
Konstitutsiyaviy  sud,  Oliy  sud  Plenumi  majlislarida  ishtirok 
etish va ko‘rilayotgan masala yuzasidan fikr bildirishi hamda 
qonun  hujjatlarini  qo‘llash  bilan  bog‘liq  masalalar  bo‘yicha 
Oliy  sud  Plenumga  tushuntirishlar  berish  xususida  takliflar 
kiritishi mumkin.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling