I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
410
411
Ayrim  davlatlarda,  masalan,  Xitoy  Xalq  Respublikasida  esa, 
prokurorlar lavozimiga 2 martadan ortiq qo‘yilmasligi belgilab 
qo‘yilgan (Хitоy Konstitutsiyasi 130-moddasi).
O‘zbekiston  Respublikasining  “Prokuratura  to‘g‘risida”gi 
Qonunida  qanday  holatlarda  prokuror  lavozimiga  takroran 
tayinlashga  yo‘l  qo‘yilmasligi  ham  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  ko‘rsatib 
qo‘yilgan.  Xususan,  Qonunning  45-moddasiga  ko‘ra,  o‘z 
faoliyati  davrida  tegishli  hududda  qonunlar  ijrosi  ustidan 
lozim darajada nazorat o‘rnatilishini ta’minlab bera olmagan 
shaxslar  prokuror  lavozimiga  takroran  ko‘rsatilishga  yo‘l 
qo‘yilmaydi.  Ayni  damda  prokuroriik  lavozimiga  noloyiq 
xatti-harakatlar sodir etgan , demak, xizmat vazifasini tegishli 
darajada bajarmagan prokurorlar, shuningdek, boshqa ishga 
o‘tgan yoki sog‘lig‘i ishni davom ettirishga imkon bermagan 
prokurorlar lavozimlaridan muddatidan ilgari ozod etilishlari 
mumkin.
Xalqaro  miqqiyosda  ham  prokurorlarning  turli  xil 
tashkilotlari bo‘lib, Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi (XPA) 
shular  jumlasidandir.  Mazkur  assotsiatsiyasi  u  1995  yil  6 
iyunda Venadagi BMT vakolatxonasida tashkil qilingan. Uning 
tarkibiga  turli  davlatlarning  prokuratura  xizmatlari  yoki 
assosatstsiyalari a’zolik huquqlari asosida kirishadi.
Nodavlat  tashkiloti  hisoblangan  ushbu  assotsiatsiyaning 
vakolatiga  huquqiy  islohotlar  loyihalarini  shakllantirish  va 
qo‘llash hamda transmilliy jinoyatlarga qarshi kurash kiradi.
Shuningdеk, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 
qonunlarni  aniq  va  bir  xilda  bajarilishi  ustidan  nazorat 
qiluvchi,  inson  huquq  va  erkinliklarini  muhofaza  qilinishini 
kafolatlovchi,  o‘ziga  xos  tizimga  hamda  mamlakatda 
demokratik-huquqiy  davlat  qurishda  o‘z  o‘rniga  ega  bo‘lgan 
konstitutsiyaviy organ hisoblanadi.
Viloyatlar,  Toshkent  shahar  prokuraturalari  va  ularga 
tenglashtirilgan prokuraturalarga (“Prokuratura to‘g‘risida”gi 
Qonun  16-moddasi)  tegishli  prokurorlar  rahbarlik  qiladilar, 
ular  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurori  tomonidan 
lavozimga  tayinlanadilar  hamda  lavozimdan  ozod  etiladilar. 
Bu  prokurorlar  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokuroriga 
bo‘ysunadilar va uning oldida hisobdordirlar.
Viloyatlar,  Toshkent  shahar  prokurorlari  va  ularga 
tenglashtirilgan  prokurorlar  tegishincha  tuman,  shahar 
prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning 
faoliyatiga rahbarlik qiladi, qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh  prokurorining  buyruqlari  asosida  va  ularni  ijro  etish 
uchun  o‘ziga  bo‘ysunuvchi  xodimlarning  hammasi  uchun 
majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi.
Tumanlar,  shaharlar  prokuraturalari  va  ularga 
tenglashtirilgan prokuraturalarga (“Prokuratura to‘g‘risida”gi 
Qonun  17-moddasi)  tegishli  prokurorlar  rahbarlik  qiladi, 
ular  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurori  tomonidan 
lavozimga  tayinlanadilar  va  lavozitndan  ozod  etiladilar.  Bu 
prokurorlar  yuqori  turuvchi  tegishli  prokurorga  hamda 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo‘ysunadilar va 
ularning oldida hisobdordirlar.
“Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonun 11-moddasi O‘zbekiston 
Respublikasida  prokurorlarning  vakolat  muddatini  belgilab 
beradi. Unga ko‘ra, barcha bo‘g‘indagi prokurorlar - O‘zbekiston 
Respublikasi Bosh prokuroridan boshlab, tuman va shaharlar 
prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlargacha 
yagona muddatga - besh yilga tayinlanadi.
Mamlakatimizda  prokurorlarning  vakolat  muddati  besh 
yil  etib  belgilangan  bo‘lsada,  ularning  qaytadan  tayinlanishi 
soniga  nisbatan  hech  qanday  cheklov  belgilanmagan. 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling