partiyalar va boshqa jamoat birlashmalariga a’zolikni
to‘xtatib turishi to‘g‘risida qoida belgilangan. O‘zbekiston
Respublikasidagi barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari
va idoralari, davlat nazorati idoralari, hokimlar, kimga
bo‘ysinishidan, kimning tasarrufida bo‘lishidan va mulkchilik
shaklidan qat’iy nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar,
jamoat birlashmalari, harbiy qismlar, mansabdor shaxslar,
shuningdek, fuqarolar tomonidan qonunlarni aniq va bir xilda
bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh
Prokurori va unga bo‘ysinuvchi quyi prokurorlar tomonidan
amalga oshiriladi.
Qonunlarni to‘g‘ri tadbiq qilish borasida prokuratura
organlarining faoliyati sudlarga birmuncha o‘xshash bo‘lsada,
sudlar o‘z faoliyatini odil sudlovni amalga oshirishga
qaratadilar, prokuror esa, odil sudlovni amalga oshirish uchun
har tomonlama ko‘maklashuvchi organ bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |