I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
384
385
tavsiyasiga ko‘ra qaytadan tayinlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga taqdimnomalar kiritadi;
—  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan 
tayinlanadigan yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Senati  tomonidan  saylanadigan  sudyalarning  vakolatlarini 
muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentiga taqdimnomalar (takliflar) kiritadi;
—  qonunda  nazarda  tutilgan  hollarda  harbiy  sudlarning, 
viloyatlar  va  Toshkent  shahar  sudlarining  sudyalarini, 
tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari va sudyalarini 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  bilan  kelishilgan  holda 
lavozimidan ozod qiladi;
—  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  sudlari  sudyalarining 
vakolatlarini  muddatidan  ilgari  tugatish  to‘g‘risida 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kengesiga  xulosalar 
kiritadi;
- sudyalarni davlat mukofotiari bilan taqdirlash to‘g‘risida 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentiga  taqdimnomalar 
kiritadi;
-  sudyalarni  intizomiy  javobgarlikka  tortish  masalasini 
ko‘rib  chiqadi  va  materiallarni  sudyalaming  tegishli  malaka 
hay’atlariga yuboradi;
-  sudyalarni  jinoiy  yoki  ma’muriy  javobgarlikka  tortish 
masalalari yuzasidan xulosa beradi;
-  sud-huquq  sohasidagi  qonun  hujjatlarini  yanada 
takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini 
va yagona sud amaliyotini ta’miniash, odd sudlovga erishish 
darajasini va uni amalga oshirish sifatirii yaxshilash bo‘yicha 
takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi ko‘rib 
chiqishi uchun kiritadi;
-  sudyalarning  malaka  hay’atlari  faoliyatiga  umumiy 
rahbarlikni  amalga  oshiradi,  ularning  faoliyatini  tekshiradi, 
sudyalarning malaka hay’atlari raislari hisobotlarini eshitadi;
Kengash  o‘z  zimmasiga  vuklatilgan  vazifalarni  bajarish 
uchun: 
—  sudyalik  lavozimlariga  nomzodlar  zaxirasini 
shakllantiradi;
—  sudyalik  lavozimlariga  nomzodlarni  tanlov  asosida 
tanlashni tashkil etadi;
—  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudining  raisi,  rais 
o‘rinbosarlari  va  sudyalari  lavozimlariga  tavsiya  etiladigan 
nomzodlar  bo‘yicha  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentiga 
takliflar kiritadi;
— viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari hamda 
rais o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining 
raisi  lavozimlariga  tavsiya  etiladigan  nomzodlar  bo‘yicha 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentiga  taqdimnomalar 
kiritadi;
—  harbiy  sudlarning,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 
sudlarining  sudyalarini,  tumanlararo,  tuman,  shahar 
sudlarining  raislari  va  sudyalarini  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidenti  bilan  kelishilgan  holda  lavozimga  tayinlaydi; 
—  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  sudlarining  sudyalik 
lavozimlariga  tavsiya  etiladigan  nomzodlar  bo‘yicha 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kengesiga  qonunga 
muvofiq xulosalar (taqdimnomalar) kiritadi;
—  sudyalarni  ularning  vakolatlari  muddati  davrida 
harbiy sudlarning, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining 
sudyalari, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari va 
sudyalari  lavozimlariga  o‘z  arizalariga  asosan  Sudyalar  oliy 
malaka hay’atining tavsiyasiga ko‘ra qaytadan tayinlaydi;
sudyalarni  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  sudlarining 
sudyalari,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  tumanlararo, 
tuman. Shahar sudlarining raislari va sudyalari lavozimlariga 
o‘z  arizalariga  asosan  Sudyalar  oliy  malaka  hay’atining 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling