4-§. Sudyalar mustaqilligi, daxlsizligi, sud
qarorlarining majburiyligi
Konstitutsiyaning 112-moddasi sud hokimiyatining,
sudlarning mustaqilligini, daxlsizligini belgilovchi qoidalardan
iborat. Bular odil sudlovning, sud yuritishning asosiy
Konstitutsiyaviy prinsiplari hisoblanadi. Sud hokimiyatining
ta’sirchan bo‘lishi, eng avvalo, sudning, sudyaning
mustaqilligiga bog‘liq.
Sudyalar mustaqildir. Sudlar har qanday siyosiy partiyalardan
xoli hisoblanadi. Ular hech bir organga yoki mansabdor
shaxsga bo‘ysunmaydi. Sudyalar faqat qonunga bo‘ysunadi.
Odil sudlovni amalga oshirish jarayonida sudlarning ishiga
biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar shunday
holatlar bo‘ladigan bo‘lsa, u holda aybdorlar javobgarlikka
tortiladi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
236-moddasida sud ishlarini hal etishga aralashish, ya’ni ishni
har tomonlama, to‘la va xolisona o‘rganishga to‘sqinlik qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |