KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
100
101
jamoatchilik nazorati funksiyalarini yanada kuchaytirishga
alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda ijro etuvchi hokimiyat
faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning
samarali mexanizmlari shakllantirildi.
Demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini
barpo etish sharoitida davlat organlari faoliyati ustidan
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni ta’minlash
masalasi konstitutsiyaviy tuzumning negizini tashkil etuvchi
«shaxs-jamiyat-davlat» munosabatlarining mutanosibligiga
erishish va manfaatlar muvozanatini ta’minlashda muhim
mexanizm hisoblanadi. Sababi, aynan jamoatchilik nazorati,
bir tomondan, fuqarolar va jamoat birlashmalarining
davlat organlarining qonuniy faoliyatidan doimiy ravishda
xabardor bo‘lish, ochiqligini ta’minlashga xizmat qilsa,
ikkinchi tomondan, davlat hokimiyati organlari va mansabdor
shaxslarning ular manfaatlariga daxldor qarorlarni ishlab
chiqishda ishtirok etishlari, jamoatchilik ta’sirini aks ettirish
imkoniyatlarini kengaytiradi.
Hozirgi bosqichda davlat organlari faoliyati ustidan
jamoatchilik nazoratini ta’minlashning yaxlit tizimini
shakllantirish,
uning
normativ-huquqiy
asosini
mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |